“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 17:28
ЎЗO‘Z

Naqd pulning «belini sindirgan» VISA

05 okt, 13:38 1 827 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Naqd pulning «belini sindirgan» VISA «Biznes g‘oya avtobusga o‘xshaydi. Bittasiga ulgurmasang, ortidan ikkinchisi kelayotgan bo‘ladi», degan edi britaniyalik milliarder, 400dan ortiq kompaniyalar egasi Richard Brenson.

Viza. Bu so‘zni eshitganda ko‘pchilik boshqa mamlakat hududiga kirish huquqini beruvchi xalqaro hujjatni tushunadi. Ammo bugun viza deb talaffuz qilinuvchi boshqa bir yirik biznes giganti – VISA haqida gaplashamiz.

Har qanday yirik brendlar insonlar hayotini osonlashtirgani uchun muvaffaqiyatga erishgan. VISA mana shunday kompaniyalardan biri. Hamma ham bir qop tanga yoki bir dunyo qog‘oz puli bo‘lishini istaydi, ammo bu qanchalik ajoyib bo‘lmasin, ularni olib yurish shunchalik noqulay ham. O‘tgan asrning 50-yillariga kelib, dunyoning turli mamlakatlarida millionlab odamlar mana shunday muammoga duch keladi.

1958 yil 18 sentabrda AQSHning eng mashhur banklaridan biri Bank of America BankAmericard kartasini joriy qildi. Karta odamlar orasida ommalashishi uchun Bank of America katta tavakkalga qo‘l urdi. Bank Frezno shahri va unga yondosh hududlarda yashovchi odamlar uyiga jami 65 000 bank kartalarini tarqatib chiqdi. Tasavvur qiling, uyg‘onib tonggi gazetani pochta qutingizdan olishga chiqsangiz, u yerda siz uchun tayyorlab qo‘yilgan karta turibdi.

Ushbu loyihani boshlab olishga Bank of America 8 million dollar sarfladi. AQSH dollarining 2019 yildagi holati bilan solishtirganda, bu ish taxminan 70 million dollarga tushgan. Bu pullar Kaliforniyadagi yirik shaharlardan biri bo‘lgan Freznoni terminallar bilan ta’minlab chiqish, reklama va kartani tayyorlab, yetkazib berish xizmatlariga sarflandi. Shuningdek, San Fransisko, Sakramento, Los Anjeles va Kaliforniyaning boshqa shaharlarida ham BankAmericard kartalari tarqatildi. 1959 yil yakuniga qadar Kaliforniya bo‘ylab 2 millionta karta tarqatildi va 20 mingdan ziyod savdo shoxobchalari ushbu bank kartalarini qabul qilardi.

Bank of America’gacha ham bir qator kichik banklar shunga o‘xshash tizimlarni amaliyotga tatbiq etishga uringan, ammo bu samarasiz yakunlanadi. BankAmericard xatolardan xoli emasdi. Uning ixtirochisi Jozef Uilyams 1956 yildan e’tiboran Bank of Americaning tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i edi. 1959 yilda u iste’foga chiqadi. Yil oxiriga kelib federal politsiya BankAmericard bilan bog‘liq bir qator jinoyatlarni aniqlaydi. Shundan so‘ng, Bank of America rahbariyati matbuot anjumani o‘tkazib, yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, barcha zararlarning qoplanishi va bank kartasi bilan muammo yuzaga kelgan odamlarga yangilangan kartalar taqdim etilishini e’lon qiladi.

Bank o‘sha paytda 20 million dollar zarar ko‘radi. Ushbu voqeadan so‘ng, BankAmericard’ga bo‘lgan ishonch birmuncha pasayadi va ular bilan bir paytda faoliyat boshlagan Master charge qariyb 20 yilga bozorni o‘z nazoratiga oladi. Shunga qaramay, Bank of America rahbarlari bu biznesning kelajagi porloq ekaniga ishonib, ishlashda davom etdi.

1966 yil Bank of America Kaliforniyadan tashqaridagi bir nechta banklar bilan o‘z kartalarini litsenziyalash bo‘yicha kelishuvga erishdi va shu tariqa BankAmericard boshqa banklar nomi ostida ham ishlashni boshladi. Ularning raqobatchilari hisoblangan Master charge turli shtatlardagi bank alyanslariga tayanib tuzilgandi. Bank of America esa 1994 yilgacha amal qilgan shtatlararo banklar faoliyatiga doir davlat qonunlariga binoan boshqa shtatlardagi banklar bilan erkin shartnomalar tuza olmasdi. Kelgusi yillar mobaynida ko‘plab banklar BankAmericard litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa, tez orada AQSHda 100 millionlab BankAmericard kartalari ishlatila boshladi.

1968 yil Di Hokk ismli iqtisodchi BankAmericard’ni Shimoliy Amerika bo‘ylab amal qiluvchi pul aylanmasi tizimiga aylantirishni taklif qildi. Uzoq muddatli muzokaralardan so‘ng, Bank of America Di Hokkning yangi loyihasini qo‘llab-quvvatladi va boshqaruvni aynan uning o‘ziga topshirdi. Bank of America 1970 yildan e’tiboran faqat mahalliy miqyosda ishlovchi National BankAmericard bank kartasini muomalaga chiqardi. BankAmericard esa franchayzing kompaniyasiga aylandi. 1972 yilga kelib, u dunyoning 15ga yaqin davlatida litsenziyadan o‘tkazildi.

Dunyo miqyosidagi pul aylanmasini tashkil etish uchun 1974 yil IBANCO – xalqaro bank kartalari kompaniyasi tashkil etildi. 1976 yil IBANCO bir qator bank kartalari tizimini bitta nom va elektron tizim ostiga birlashtirishni uddalaydi. BankAmericard’dan tashqari Barclaycard, Carte Bleue, Chargex, Sumitomo Card kartalari VISA nomi ostida birlashadi. Ushbu nomni shaxsan Di Hokk o‘ylab topdi. Sababi bu nomni har qanday tilda talaffuz qilish oson edi va kompaniyaning dunyo bo‘ylab amal qiladigan tizim ekanligidan darak berib turardi. 2 yildan so‘ng Master Charge nomini Master Card deb o‘zgartirdi, lekin u VISA kabi ommalashmaydi.

U vaqtlar hali VISA ham, MasterCard ham bank kompaniyalari sirasiga kirmasdi. Ular texnologik kompaniya – banklar va iste’molchilar o‘rtasida ishlovchi vositachilar edi. VISA rivojlanishi bevosita raqobatchisiga ham bog‘liq. Ular 80-yillarga kelib biznesning ushbu yo‘nalishida yetakchiga aylanib olishdi. 2018 yilgi internet nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, VISA kompaniyasining yillik tushumi 20 mlrd dollar, sof foyda esa 10 mlrd dollardan oshib ketgan. Solishtirish uchun, bu eng katta raqobatchi hisoblangan MasterCard daromadidan qariyb 2 baravar ko‘p. Ushbu yil statistikalariga ko‘ra, VISA orqali amalga oshirilgan pul aylanmalarining yillik miqdori 11 trillion dollardan ko‘proq. Yer yuzi bo‘ylab bugungi kunda qariyb 3,5 mlrdga yaqin VISA kartalari mavjud. Ular jahonning 160dan ortiq davlatlarida amal qiladi.

Xo‘sh, muvaffaqiyat sirlari nimada? Avvalo, o‘ta jarangdor va e’tiborni tortuvchi nom. Muvaffaqiyatli brending biznes rivojining eng muhim omillaridan biridir.

Uning eng birinchi davrlarda muvaffaqiyatga erishishiga asosiy sabab sifatida biznes egalari rivojlanish uchun xarajatlardan qochmaganligi va iste’molchilar orasida o‘z kartalarini ommalashtirish uchun qattiq uringanliklarini keltirish mumkin. Bundan tashqari, VISA muvaffaqiyatli marketing ishlarini amalga oshiradi. Ko‘plab sport turlari bo‘yicha jahon chempionatlarining asosiy homiysi VISA hisoblanadi. Bundan kompaniya foyda ham ko‘radi, chunki turnir g‘oliblariga mukofot pullari aynan VISA kartalari orqali to‘lab beriladi. Shu tariqa VISA dunyodagi elektron pullar qiroliga aylanadi.

Abdulvosid Valixonov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 139
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 291
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 101
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 521
  • So'nggi yangiliklar
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 1
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 0
  • Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi 30 apr, 16:27 0
  • Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi 30 apr, 16:05 0
  • Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor? 30 apr, 15:37 14
  • Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi 30 apr, 15:15 13
  • Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi 30 apr, 14:49 51
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 22
  • O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin 30 apr, 13:10 64
  • Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi 30 apr, 12:33 60
  • Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi 30 apr, 12:12 32
  • Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi 30 apr, 11:53 66
  • Bo‘limlar