“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 11:06
ЎЗO‘Z

G‘ildiraklar yordamida harakatlanadigan robot bolakay ijtimoiy tarmoqlarni yana zabt etmoqda

30 sen, 22:50 2 163 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
G‘ildiraklar yordamida harakatlanadigan robot bolakay ijtimoiy tarmoqlarni yana zabt etmoqda Foto: Symbiotic Human-Robot Interaction Project
Yapon olimlari tashqi ko‘rinishi bilan haqiqiy bolaga o‘xshaydigan, ammo asimmetrik g‘ildiraklarga ega o‘ziga xos platformada harakatlanadigan robotini yana taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Ibuki nomini olgan robot haqida ilk xabarlar internetda 2018 yilda paydo bo‘lgandi. Aynan o‘shanda Osaki universitetining taniqli muhandisi Xirosi Isiguro 10 yoshli bolaning yuziga ega androidni taqdim etgan edi.

Androidning karkasi uglerod va plastikdan ishlangan, yuz va qo‘l qismi kremniyli «teri» bilan qoplangan. Uning oyoqlari o‘rniga bir-birdan farq qiluvchi ikki g‘ildirakli platforma o‘rnatilgan. Asimmetrik g‘ildiraklari hisobiga harakat vaqtida robot «oqsoqlanadi» — tana qismining yuqori qismi insonning tabiiy harakat vaqtidagi holatini takrorlab, silkinadi.

Foto: Symbiotic Human-Robot Interaction Project
Loyiha ustidagi ishlar 2014 yilda boshlangan bo‘lib, birinchi ishchi prototipni yaratishga 200 ming dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Ta’kidlanishicha, ayni vaqtida Ibuki sezilarli darajada yaxshilangan: unga atrofni yaxshiroq tanish imkonini beradigan yangi datchiklar o‘rnatilgan. Endilikda u «yuzlarni ko‘rishi», ularni skanerlashi va shu usulda boshqa buyumlarni tanishi mumkin.

Robot bolakay suhbat vaqtida yuzi orqali turli hissiyotlarni ifodalay oladi, masalan, baxt, hayrat, qo‘rquv yoki tushunish va hokazo. Ammo hozircha bu tabiiy mimikadan ancha farq qiladi, shu sababli ayrim kadrlarda uni qo‘rqinchli filmlardagi yovuz olimning ixtirosiga o‘xshatish mumkin.

Foto: Symbiotic Human-Robot Interaction Project
Robot hissiyotlarining to‘liq spektri:

Foto: Symbiotic Human-Robot Interaction Project
Ibuki sherik robot sifatida yaratilgan, ya’ni kelajakda u enaga o‘rnini egallashi yoki axborot uzatish stolida ishlashi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 104
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 0
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 0
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 17
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 21
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 24
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 18
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 80
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 199
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 31
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 170
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 66
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 58
  • Bo‘limlar