“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 14:04
ЎЗO‘Z

Peterburglik yigit o‘zi yaratgan «quyoshmobil»da Xitoyga qadar borishni rejalashtirmoqda

13 apr, 12:45 2 724 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Peterburglik yigit o‘zi yaratgan «quyoshmobil»da Xitoyga qadar borishni rejalashtirmoqda Foto: «Temnaya FAZA»
Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi Nikita Poddubnov ismli bloger qimmat yoqilg‘i talab etilmaydigan mashinani yaratishga qaror qildi. Natijada og‘irligi 150 kilogrammga yetadigan «Fazan» — qo‘lbola avtomobil paydo bo‘ldi va uning harakatlanishi uchun faqat quyosh energiyasi talab etiladi, deb xabar beradi Motor.

«Fazan» — 23 yoshli peterburglik yigitning birinchi avtomobil loyihasi va hatto birinchi elektrokari emas. Ikki yil oldin Nikita do‘stlari bilan «Moskvich»ni to‘liq «yashil» avtomobilga aylantirgan edi. Biroq mashina juda og‘ir bo‘lgan va harakatlanish uchun ko‘p energiya talab qilgan.

Poddubnovning yangi ixtirosida bu kabi kamchiliklar yo‘q: «Fazan»ning og‘irligi 150 kilogramm, batareyalarini quyoshga to‘g‘irlash uchun uni ko‘tarish va bir joydan ikkinchisiga siljitish oson. Avtomobil asosini baggining romi tashkil etadi. Muhandis yigit unga moped g‘ildiraklari va aluminiy profillardan payvandlangan kuzov karkasini kiygizgan. Yengil kuzov panellari aluminiyli kompozit listlardan qirqilgan.

Foto: «Temnaya FAZA»
Oyna va eshiklari yo‘q qo‘lbola mashina saloniga plastik o‘rindiq va velosiped ruli o‘rnatilgan. Avvaliga bloger o‘z ixtirosiga karting rulini o‘rnatgan, biroq u juda kichiklik qilgan — burish qiyin va boshqarishni murakkablashtirgan.

Muzqaymoq sotadigan mobil do‘konni yodga soladigan burchaksimon konstruksiyaga to‘rtta akkumulatorni quvvatlantiradigan uchta quyosh paneli o‘rnatilgan. Ularni to‘liq quvvatlantirish uchun Poddubnovning so‘zlariga ko‘ra, to‘qqiz soat kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, «Fazan» soatiga 30 kilometr tezlikda olti soat harakatlana oladi. Quyosh charaqlab turgan havoda avtomobil batareyalarsiz ham harakatlana oladi.

Foto: «Temnaya FAZA»
Nikita Poddubnov yozga qadar «Fazan»ini takomillashtirib, uni to‘laqonli avtouyga aylantirish niyatida. Uzunligi ikki metr keladigan uxlash joyi tayyorlab qo‘yilgan: oyoqni yukxonaga uzatib, polning o‘zida yotish mumkin. Biroq hali qilinadigan ishlar ko‘p, bloger o‘z mashinasida Rossiyadan Xitoyga qadar borishni — 3 ming kilometrni bosib o‘tishni rejalashtirgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 52
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 104
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 154
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 84
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 92
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 60
  • Bo‘limlar