“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:27
ЎЗO‘Z

500 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi

04 apr, 14:20 2 174 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
500 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi Foto: Getty Images
Internetdagi xakerlar forumlaridan birida 533 milliondan ortiq Facebook foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari ochiq tarzda joylandi, deb yozadi «RBK» Business Insider’ga tayanib.

Gap 106 mamlakat foydalanuvchilari haqida bormoqda. Internetga eng ko‘p Misr (44 million), Tunis (39 million), Italiya (35 million), AQSH (32 million), Saudiya Arabistoni (28 million), Marokash, Turkiya, Fransiya 19 milliondan), Iroq (17 million), Meksika (13 million) va Buyuk Britaniya (11,5 million) foydalanuvchilarining ma’lumotlari sizib chiqqan. Shuningdek, ular orasida qariyb 10 million rossiyalik foydalanuvchilarning ma’lumotlari ham bor. Ro‘yxatda o‘zbekistonlik foydalanuvchilar yo‘q.

Tarqalib ketgan axborot Facebook foydalanuvchilarining telefon raqamlari, to‘liq ism-shariflari, tug‘ilgan sanalari, biografik ma’lumotlari, ijtimoiy tarmoqning yagona identifikatorlaridan iborat. Ba’zi hollarda esa ularning elektron pochta manzillari ham uchraydi.

Ma’lumotlarning sizib chiqishini kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Hudson Rock kompaniyasi ekspertlari aniqladi. Kompaniya texnik direktori Aaron Galning so‘zlariga ko‘ra, sizib chiqish kiberjinoyatchilikning avj olishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Shaxsiy axborotni o‘z ichiga oluvchi bunday hajmdagi ma’lumotlar bazasi, shubhasiz, ijtimoiy injeneriya usullaridan foydalangan holda xakerlik hujumlari yoki firibgarlik harakatlarining amalga oshirilishiga olib keladi», — deya aniqlik kiritdi ekspert.

Hudson Rock sizib chiqqan ma’lumotlarni yanvardayoq, o‘sha xakerlik forumi foydalanuvchisi kichik to‘lov evaziga Facebook foydalanuvchilarining telefon raqamlarini qo‘lga kiritish imkonini beruvchi Telegram-botni reklama qilganidan keyin aniqlagan edi.

Bu Facebook foydalanuvchilari ma’lumotlarining katta ko‘lamda sizib chiqishi bilan bog‘liq birinchi holat emas. 2019 yil dekabrida 267 milliondan ortiq akkauntlar egalarining shaxsiy ma’lumotlari ochiq tarqalib ketgan edi. Ularning ko‘pchiligini AQSH foydalanuvchilari tashkil qilgan. Ma’lumotlar bazasida ikki hafta davomida internetda ochiq saqlangan.

2020 yil avgustida Facebook, LinkedIn va Instagram’ning qariyb 150 million foydalanuvchilarining ism-shariflari, telefon raqamlari, elektron pochta manzillari, lavozimlari, ish joylari internetga tarqalib ketgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 86
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 198
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 93
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 56
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 499
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar