“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 06:43
ЎЗO‘Z

Suv o‘tkazmaydigan Samsung Galaxy A52 5G sotuvga chiqdi

28 mar, 16:06 3 347 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Suv o‘tkazmaydigan Samsung Galaxy A52 5G sotuvga chiqdi Foto: IXBT
O‘tgan hafta Samsung Electronics kompaniyasi Samsung A52 va A52 5G smartfonlarini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Beshincha avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar 26 martdan sotuvga chiqdi, deb yozadi IXBT.

Xitoyda smartfonlarning tezkor xotirasi 8 Gb, ichki xotirasi esa 128 Gb bo‘lgan versiyasi 460 dollardan taklif etilmoqda, 8/256 Gb bo‘lgan versiya narxi 520 dollarni tashkil etyapti. Dastlabki xaridorlarga to‘liq simsiz bo‘lgan Galaxy Buds naushniklari sovg‘a tariqasida beriladi.

6,5 dyuymli Super AMOLED displey 120 gersli yangilanish chastotasiga ega. Yuqori yorqinlik rejimida ushbu panel 800 kd/kvadrat metrga yetishi mumkin. Displey Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan, smartfon korpusining o‘zi IP67 standarti bo‘yicha himoyaga ega. Akkumulator sig‘imi — 4500 mA/soat.

Smartfonning asosiy kamerasi 64 megapikselli va F/1,8 diafragma ob’ektivli datchik bilan jihozlangan. U tasvirni optik barqarorlashtirish (OIS) va Tetra-binning texnologiyasiga ega. Gap o‘lchami 0,8 mikrometr bo‘lgan to‘rtta qo‘shni piksellar bittaga jamlanishi haqida ketmoqda. Odatdagi holatda kamera 16 megapiksel tiniqlikdagi suratlarni oladi, biroq 64 megapikselli suratlarni ham olishi mumkin.

Foto: IXBT
Tungi rejim 12 ta kadr oladi va uni bitta yorqin tasvir sifatida birlashtiradi, shu bilan birga, optik barqarorlashtirgich ishlaydi. Asosiy kamera soniyasiga 4K sifatli 30 ta kadrni yozib olishga qodir. Shuningdek, 12 megapikselli o‘ta keng burchakli, 5 megapikselli makro va chuqurlikni o‘lchashga mo‘ljallangan kameralar mavjud.

Samsung A52 5G modeli Snapdragon 750G protsessorida ishlaydi, Android 11 bazasida boshqariladi. 32 megapikselli selfi-kamerada qurilmani blokdan chiqarishda foydalanish mumkin. Shuningdek, ekran ostida barmoq izi skaneri ham bor. Telefon nuashniklar uchun 3,5 millimetrli raz’yom va Dolby Atmos funksiyali stereodinamiklarga ham ega bo‘lgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 85
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 160
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 303
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 58
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 108
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 112
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 142
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 67
  • Bo‘limlar