“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 22:33
ЎЗO‘Z

Apple barmoqlarga taqiladigan o‘zining yangi qurilmasini namoyish etdi

17 mar, 17:37 2 139 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple barmoqlarga taqiladigan o‘zining yangi qurilmasini namoyish etdi Foto: Gizmochina
Apple virtual reallik garniturasini yaratish ustida ish olib borayotgani anchadan buyon ma’lum. Hi-Tech.Mail.ru ushbu garniturani boshqarish uchun mo‘ljallangan qurilma qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi borasidagi ma’lumot bilan bo‘lishdi.

Apple’ning yangi patentida uzuk ko‘rinishidagi bir juft kontroller namoyish etilgan. Suratdan ko‘rish mumkinki, foydalanuvchi qurilmani bosh va ko‘rsatkich barmog‘iga taqadi. Uning yordamida foydalanuvchining imo-ishoralari hisobga olinadi — ular VR-qurilmani boshqarishda buyruqlar sifatida qabul qilinadi.

Garnituraning o‘zi qachon taqdim etilishi to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Bloomberg’ning yozishicha, yangi qurilma 2022 yilda paydo bo‘lishi mumkin.

Hozirda ushbu garnitura uchun kuchli protsessor tayyorlanmoqda, u M1 bazasida ishlashi taxmin qilinmoqda. Displey hozirda mavjud VR mahsulotlaridan ko‘ra yaxshiroq tiniqlikka ega bo‘ladi. Bu esa uning narxiga ta’sir ko‘rsatadi: qurilma Facebook’ning Oculus, Sony’ning PlayStation VR yoki HTC garniturasidan ko‘ra qimmatroq bo‘ladi (ularning narxi 300 dan 900 dollar oralig‘ida).




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 41
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 51
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 4
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 28
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 31
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 94
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 78
  • Eron prezidentini olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi 19 мая, 19:30 219
  • Isroil harbiy mahkamasi vaziri Netanyaxuga tahdid qildi 19 мая, 19:20 137
  • A Seriya. Shomurodovning jamoasi “Kalyari” “Sassuolo”ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi 19 мая, 18:28 139
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 122
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 65
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 86
  • Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shin yubordi (foto) 19 мая, 16:53 152
  • Bo‘limlar