“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 16:46
ЎЗO‘Z

«Juda xavfli»: ekspert ilovani zudlik bilan o‘chirib tashlashni tavsiya qildi

06 mar, 10:08 3 533 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Juda xavfli»: ekspert ilovani zudlik bilan o‘chirib tashlashni tavsiya qildi Foto: «Eg.ru»
«Forbes» jurnalida chiqqan maqolada kiberekspert Zak Doffman android-smartfon ishlatuvchilarni «juda xavfli» ilovani o‘chirib tashlashga chaqirdi. Gap yuz million martadan ko‘p ko‘chirib o‘rnatilgan bepul va pulli «SuperVPN» ilovalari haqida bormoqda.

Ekspertga ko‘ra, «sizning maxfiyligingiz va xavfsizligingizni himoyalash»ga va’da bergan bu servis aslida g‘irt teskarisini qilmoqda. Xususan, «SuperVPN» zararli josuslik dasturiy ta’minotini yashirincha ishlatish va ma’lumotlarni sizdirish bilan shug‘ullanadi.

Ommalashgan «CyberNews» hakerlik forumida «SuperVPN» hamda «GeckoVPN» va «ChatVPN» mijozlarining qurilmalari va hisob qaydnomalari ma’lumotlari uchta bazasi sotilayotgani haqidagi fevral oyida tarqagan xabar Doffmanning e’tiborini tortgan.

«Shuni ham ta’kidlash muhimki, «Google Play» do‘konida turli ishlab chiqaruvchilarga qarashli shunga o‘xshash mazmundagi va logitipli yana kamida oltita ilova bor», — deya ogohlantirgan «CyberNews».

Doffman foydalanuvchilarga nomi taniqli va sinovdan o‘tgan ishlab chiqaruvchilarning ilovalarini ishlatishni tavsiya qilgan. Bepul ilovalardan esa yaxshisi uzoqroq yuring, dedi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 65
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 105
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 155
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 0
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 4
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 14
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 31
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 10
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 64
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 31
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 17
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 84
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 94
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 69
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 363
  • Bo‘limlar