“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 03:25
ЎЗO‘Z

Pentagon Xiaomi va yana sakkizta kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi

15 yanv, 08:38 2 108 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pentagon Xiaomi va yana sakkizta kompaniyani qora ro‘yxatga kiritdi Foto: Reuters
Bu kompaniyalarga AQSH investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.

Amerika mudofaa vazirligi Xitoy harbiy-sanoat majmuasi bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda deb hisoblanayotgan kompaniyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Agentlik bergan ma’lumotga ko‘ra, ro‘yxatga yana to‘qqizta yuridik shaxs kiritilgan. Ular orasida Xitoy tijorat aviatsiyasi korporatsiyasi va Xiaomi kompaniyasi ham bor.

Qayd etilishicha, bu kompaniyalarga AQSH investitsiyalari kiritilishi taqiqlanadi. Hujjatga ko‘ra, amerikalik investorlar mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan kompaniyalardagi aktivlaridan 11 noyabrga qadar xalos bo‘lishi kerak.

AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil noyabrda amerikaliklarga Xitoyning harbiy-sanoat majmuasi bilan bog‘langan Xitoy kompaniyalariga sarmoya kiritishni taqiqlagandi.

2019 yil yozida AQSHda Xitoyning Huawei kompaniyasi xitoylik harbiylar bilan bog‘langani va ularga aloqa hamda sun’iy ong tizimlarini ishlab chiqishda yordam berishi ma’lum qilingan. Shundan keyin Pentagon Xitoy armiyasi bilan bevosita yoki bilvosita hamkorlik qiluvchi Xitoy kompaniyalari ro‘yxatini tuza boshlagan. Ushbu ro‘yxatga Huawei, videokuzatuv tizimlari ishlab chiqaruvchi Hikvision kompaniyasi, CRCC konserni va yana 28ta kompaniya kiritilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 81
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 108
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 156
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 12
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 27
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 9
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 60
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 43
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 33
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 36
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 141
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 70
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 57
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 55
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 140
  • Bo‘limlar