“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 04:04
ЎЗO‘Z

iPhone 12’da yurak stimulyatoridan foydalanadigan insonlar uchun xavf aniqlandi

14 yanv, 10:20 1 995 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
iPhone 12’da yurak stimulyatoridan foydalanadigan insonlar uchun xavf aniqlandi Foto: «9to5mac.com»
iPhone 12 dunyoga mashhur tibbiyot qurilmalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Medtronic kompaniyasining yurak stimulyatorini ishdan chiqardi. Bu haqda Hearth Rhythm Jounal nashrida so‘z boradi.

Ta’kidlanishicha, smartfon qurilmaga yetarli darajada yaqin olib kelingan. Yurak stimulyatorining ishdan chiqishiga smartfonning o‘zi emas, balki undagi magnitlar sonining ortgani sabab bo‘lishi mumkin. Smartfondagi magnitlar magnit quvvatlanish va MagSafe aksessuarlari uchun zarur.

Shu bilan birga, Apple saytida magnitlar va elektromagnit maydonlar yurak stimulyatori yoki defibrillyator kabi tibbiyot qurilmalarining ishiga ta’sir ko‘rsatishi haqida yozilgan. Ammo ta’kidlanishicha, iPhone 12’dagi magnitlar sonining ko‘pligi bundan oldingi iPhone’lar lineykasining boshqa modellari kabi tibbiyot qurilmalari uchun katta magnit to‘sqinliklarini yuzaga keltirmaydi.

Hozircha yurak stimulyatoriga ega insonlardan smartfon va boshqa har qanday magnitli qurilmalardan uzoqroq bo‘lishi tavsiya qilinmoqda — bu kabi qurilmalarni kiyimning hamyoniga solish kerak emas. Tibbiyot qurilmalari ishlab chiqaruvchilariga, jumladan, Medtronic’ka foydalanuvchilar hayotida xavf tug‘dirmaydigan oddiy texnikalarda magnitlarda foydalamaslik bo‘yicha maslahat berilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 41
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 51
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 131
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar