“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 11:33
ЎЗO‘Z

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yangi o‘zgarishlar kiritilmoqda

03 yanv, 22:23 2 752 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yangi o‘zgarishlar kiritilmoqda Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Endilikda O‘zbekiston hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qat’iy nazar, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar bo‘ladilar.

Xorijiy davlatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari mobil qurilmalari IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosiga murojaat qiladi.

Tizim operatori Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish byurosi bergan arizaga muvofiq IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni ariza olingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida to‘lov asosida amalga oshiradi.

Sud qaroriga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilgan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat ijrochisi tomonidan anketa va sud qarori nusxasi tizim operatoriga taqdim etiladi.

Shunga ko‘ra, tizim operatori mobil qurilmalarni ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Tizim operatori bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi o‘rtasida sud qaroriga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilgan mobil qurilmalar bo‘yicha elektron axborot almashinuvi amalga oshiriladi.

Shuningdek, agar mobil qurilmaning bir slotiga tegishli IMEI-kodi 2019 yil 1 noyabrgacha avtomatik ro‘yxatdan o‘tgan va bazaga kiritilgan bo‘lsa, uning boshqa slotidagi IMEI-kodi qurilma egasi tomonidan quyidagi harakatlar bajarilganidan so‘ng tizim operatori tomonidan 3 ish soati mobaynida bepul amalga oshiriladi:

- mobil qurilma egasining tizim operatori yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan murojaat qilishi;
- IMEI kodining ushbu mobil qurilmaga haqiqiy ekanligini tasdiqlash (mobil qurilma klaviaturasida *#06# kodini yozib olingan IMEI kodining ekran tasvirini taqdim etish);
- anketa taqdim etish.

Agar 2019 yil 1 noyabrdan keyin arizaga asosan ro‘yxatga olingan bo‘lsa, jarayon 3 soat ish vaqtida to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Chet el fuqarosi tomonidan mobil qurilmalar IMEI-kodlarini tizim operatori yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga shaxsan murojaat qilish yo‘li bilan ro‘yxatga olinadi.

Bojxona chegarasidan tovarlarni bojsiz olib kirish normalariga rioya qilinmagan holda olib kirilgan mobil qurilmalar, ular uchun import qiluvchi sifatida bojxona to‘lovlari to‘langandan so‘ng IMEI-kodlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 100
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 0
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 1
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 3
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 9
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video) 05 мая, 05:12 42
  • Bo‘limlar