“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:06
ЎЗO‘Z

UMS yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlamoqda

29 fev, 20:30 7 213 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UMS yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlamoqda UMS (Universal Mobile Systems) mobil operatori O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan AKT sohasi mutaxassislari uchun uyushtirilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi.

UMS kompaniyasi yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish va martabasini oshirishga bo‘lgan huquqini amalda qo‘llab-quvvatlagan xolda, ushbu an’anaviy bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ikkinchi yil muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bu yilgi tadbir respublika bo‘ylab minglab tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortdi. Ular ichida yuqori kurs talabalari, oliygox va o‘rta maxsus, kasb hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari hamda boshqa istiqbolli kadrlarni ko‘rish mumkin edi.

UMS kompaniyasi yosh mutaxassislarga AKT, sotuvlar va xizmat ko‘rsatish sohalari, mobil operator faoliyatini boshqarish (menejment) va moliyaviy ta’minlash bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari haqida dolzarb ma’lumot berdi. Kompaniya stendi yarmarkaning yuzlab mehmonlari e’tiborini tortdi – ular UMS jamoasida, shu jumladan respublika hududlaridagi ofislarida professional rivojlanishni boshlash yoki davom ettirish maqsadida o‘z anketa va rezyumelarini taqdim etishdi.

— UMS — aloqa va telekommunikasiya milliy bozorida eng nufuzli ish beruvchilardan biri hisoblanadi. O‘ylaymanki, shuning uchun ham yoshlar kompaniyadagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga katta qiziqish bilan yondoshmoqda, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasidan bo‘lgan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistranti Moldir Sagieva. — Men Sotuvlar va xizmat ko‘rsatish ofisi mutuxassisi lavozimiga bo‘lgan bo‘sh ish o‘rniga da’vogar sifatida ro‘yxatga olindim. Bunday faoliyat bilan shug‘ullanganligim uchun menga mos ish. O‘ylamanki, bu martabamni oshirish sari qo‘yilgan salmoqli qadamim bo‘ladi.

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi UMS rekruterlari va yosh mutaxassislar o‘rtasida aloqa o‘rnatilishiga, yoshlar ishga joylashish bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob topishiga ajoyib imkoniyat yaratdi.

UMS mobil operatorining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotni www.ums.uz saytidagi tegishli bo‘limdan olish mumkin. Endilikda kompaniyaga rezyumeni tayyor onlayn-anketa shakli orqali yuborish ham mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 90
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar