“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 03:24
ЎЗO‘Z

Time 2020 yilning eng yaxshi ixtirolarini ma’lum qildi (foto)

23 noya, 00:05 3 046 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Time 2020 yilning eng yaxshi ixtirolarini ma’lum qildi (foto) Foto: Time
AQSHda chop etiluvchi nufuzli Time jurnali o‘z talqiniga ko‘ra 2020 yilning eng yaxshi ixtirolarini ma’lum qildi. Yakunlanayotgan yilning eng yaxshi ixtirosi uchun bosh mukofotni ko‘krak saratonini tashxislash uchun mo‘ljallangan ixcham qurilma loyihasi oldi.

Time nihoyalab borayotgan 2020 yilga yakun yasashni boshladi. Nashr joriy yilda paydo bo‘lgan eng yaxshi 100ta ixtiro ro‘yxatini tuzdi. Ro‘yxat 21 noyabrda nashr saytida e’lon qilindi.

Ro‘yxatni tuzishda jurnalning butun dunyodagi muharrirlari va jurnalistlari ishtirok etgan. Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar onlayn shaklda qabul qilingan, so‘ngra har bir nomzod bir qator ko‘rsatkichlar, jumladan o‘ziga xoslik, samaradorlik, sanoatga ta’siri bo‘yicha baholangan.

Nashr saytida ixtirolar ekologiya, salomatlik, gajetlar va shu kabi yo‘nalishlar bo‘yicha saralangan. Ixtirolar orasida ko‘plab antiqa ixtirolarni uchratish mumkin.

Ro‘yxatga kiritilgan e’tiborni tortuvchi ixtirolar sifatida yolg‘iz kishilar uchun mo‘ljallangan robot-it, jismoniy mashg‘ulotlar uchun virtual reallik ko‘zoynaklari, uy planetariysi, smartfon uchun dezinfektor funsiyasiga ega quvvatlash dok-stansiyasi, tish pastasi uchun ekologik qadoq, aqlli asalari uyasini aytish mumkin.

Nashr tuzgan ro‘yxatda oddiy odamlar hayotda to‘qnash kelishi dargumon bo‘lgan ixtirolar ham talaygina, biroq ular orasida ko‘plab ommalashgan gadjetlar ham bor.

2020 yil ixtirolari orasida virus va bakteriyalardan himoyalovchi mis kurtka, 90 daraja burchakka burish mumkin bo‘lgan Samsung The Sero televizori, elektr bolalar aravachasi, quruvchilarga gaplashishga, video yozishga imkon beruvchi va atrofdagi xavfli materiallardan ogohlantiruvchi “aqlli” kaska, 88 km/soat tezlik bilan yura oladigan va standart avtomobil qo‘yish joyining bor-yo‘g‘i chorak qismini egallovchi kichik o‘lchamli City Transformer elektromobili bor.

Shuningdek, ro‘yxatda noutbukka aylanuvchi Microsoft Surface Duo smartfoni, suvni ultrabinafsha nurlar bilan 60 soniyada virus va bakteriyalardan tozalovchi qurilma, inson fikrlarini o‘qiy oluvchi Lab AlterEgo qurilmasi, bor-yo‘g‘i 2 sm qalinlikka ega LG televizori, yuvish mumkin bo‘lgan va zararli moddalardan 99,6 foizga himoyalovchi yuz niqobi, yurak qisqarishlari chastotasi, uyqu sifati va tana haroratini o‘lchovchi “aqlli” uzuk kabi ixtirolarni ham uchratish mumkin.

Virus va bakteriyalardan himoyalovchi, misdan tayyorlangan kurtka Vollebak Full Metal Jacket.
Foto: Time


Yurak qisqarishlari chastotasi, uyqu sifati va tana haroratini o‘lchovchi “aqlli” uzuk Oura Ring.
Foto: Time


Noutbukka aylanuvchi Microsoft Surface Duo smartfoni.
Foto: Time


Yuvish mumkin bo‘lgan va zararli moddalardan 99,6 foizga himoyalovchi yuz niqobi Breathe99 B2
Foto: Time


City Transformer elektromobili.
Foto: Time


Inson fikrlarini o‘qiy oluvchi Lab AlterEgo qurilmasi.

Suvni ultrabinafsha nur bilan virus va bakteriyalardan tozalovchi qurilma CrazyCap.
Foto: Time




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 86
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 30
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 67
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 21
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 31
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 70
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 35
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 79
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 72
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 100
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 297
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 148
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 25
  • Bo‘limlar