“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 12:51
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus bemorlari uchun xavfni baholash dasturi ishlab chiqildi

06 noya, 09:49 1 603 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari uchun xavfni baholash dasturi ishlab chiqildi O‘zbekistonda sun’iy intellekt usullaridan foydalangan holda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar holati bo‘yicha xavfni baholovchi veb-dastur ishlab chiqildi.

Dastur O‘zFA Matematika instituti olimlari va RSHTYOIMning tashabbuskor guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Institut jamoasiga professor Fotima Odilova, markaz jamoasiga esa sog‘liqni saqlash vaziri, professor Abduhakim Hojiboyev boshchilik qilgan.

«Ushbu dastur og‘ir holatning paydo bo‘lishi va saqlanib qolish xavfini tezkor baholaydi. Shuningdek, dastur rentgen (KT) tekshiruv natijalari va auskultatsiya natijalari (qolgan 10 ko‘rsatkichni uyda o‘lchash mumkin) asosida xavf darajasi past bo‘lgan holatlarda ambulatoriya sharoitida davolanish to‘g‘risida yoki yuqori (o‘ta yuqori) xavf bo‘lgan holatlarda darhol kasalxonaga yotqizish to‘g‘risida avtomatik tarzda tavsiya beradi», – deyiladi Romanovskiy nomidagi Matematika instituti tomonidan Kun.uz'ga taqdim etilgan ma’lumotda.

Qayd etilishicha, respublika shifoxonalarida o‘tkazilgan sinovlar davomida dasturning ishonchliligi tasdiqlangan va dasturiy mahsulot Intellektual mulk agentligi tomonidan ro‘yxatdan (DGU 09206) o‘tkazilgan.
«Ijodiy guruh dasturni tibbiy statsionarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni boshqarish uchun intellektual yordam ko‘rsatish darajasigacha takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlarni davom ettirmoqda», – deyiladi xabarda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 142
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 0
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 6
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 12
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 20
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 169
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 45
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 293
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 241
  • Bo‘limlar