“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 13:08
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda xonadagi koronavirusni o‘ldiruvchi qurilma yaratildi

04 noya, 00:03 3 131 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda xonadagi koronavirusni o‘ldiruvchi qurilma yaratildi O‘zbekistonda havo va narsa-buyumlar yuzasidagi infeksiyalar, xususan SARS-CoV-2 virusini yo‘q qiluvchi qurilma ixtiro qilindi.
«Biogenetik» ilmiy ishlab chiqarish korxonasi direktori Olimjon Yusupov «Innoweek.uz – 2020» innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi ko‘rgazmada ushbu qurilma haqida ma’lumot berdi.

Uning aytishicha, qurilma koronavirusni o‘ldirish xususiyatiga ega bo‘lib, bir necha bosqichli sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.

«Qurilma o‘zidan to‘yintirilgan elektronlar chiqaradi. Dastlabki sinovlarda ob-havodagi barcha zararli mikroblarni yo‘q qildi. Uni takomillashtirib yangi modelini yaratgach, koronavirusga ham sinov o‘tkazib ko‘rdik. Natijalar ijobiy chiqdi. Qurilma havodagi va narsalar yuzasidagi koronavirusni butkul yo‘q qildi.

Maqsadimiz, havodagi virusni zararsizlantirgandan so‘ng, uni yerga tushirib yuvib tashlamoqchi edik. Shu jarayonda havodagi virusni qobiqqa ola oldik. Mikrob parchasini yerga tushirdik, keyingi bosqichda nihoyat virusni havoda turgan joyida o‘ldira oldik.

Bu qurilmaga vaksina yoki boshqa biror dori qo‘shilmagan. Texnologiyaning o‘zi viruslarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Stol-stul bo‘ladimi, kiyim-kechak bo‘ladimi, hammasining sirtidagi virusni daf qiladi
», – deydi u.

Olimjon Yusupoving so‘zlariga ko‘ra, uskuna 12 voltli tokda ishlaydi. Tok yo‘q paytda batareyadan ham foydalanish mumkin.
«Qurilmamiz turli sinovlardan samarali o‘tdi. Xususan, klinik sinovlar ham nihoyasiga yetdi. Natija juda yaxshi. Buning narxi arzon bo‘ladi, chunki uskuna o‘zimizda ishlab chiqariladi va uning tarkibiy qismlari ham o‘zimizniki. Qurilmani avtomobillar uchun ham ishlab chiqdik. Tez tibbiy yordamda foydalanilayotgan «Damas» va «Honda»da sinaldi. Yaxshi natija berdi. 12 volt mashina uchun muammo emas», – dedi Yusupov.

«Biogenetik» korxonasi direktoriga ko‘ra, yangi texnologiya xona o‘lchami va odamlar soniga qarab turli kattaliklarda ishlab chiqariladi. Masalan, katta hajmdagi qurilmalar operatsiya xonalari, klinika, kafe kabi odam ko‘p kelib-ketadigan joylarga mo‘ljallangan. Kichik qurilma esa 50–100 kvadrat metrli xonani 5 daqiqa ichida viruslardan tozalay oladi.

«InnoWeek.uz – 2020» haftaligining ilk kunida mazkur qurilmani ishlab chiqarish bo‘yicha «Genotexnologiya» kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. Ma’lum qilinishicha, yaqinda qurilmani ishlab chiqarish ishlari boshlab yuboriladi.

Bu yilgi innovatsion g‘oyalar haftaligi onlayn tarzda, 3–8 noyabr kunlari o‘tkazilmoqda. Xalqaro tadbirni tashkil etishda maxsus platforma yaratilgan bo‘lib, unda dunyoning 50dan ortiq mamlakatidan 2000 nafar ishtirokchi turli g‘oya va ishlanmalari bilan qatnashyapti.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 224
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 505
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 0
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 0
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 7
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Bo‘limlar