“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:15
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda sun’iy nafas berish qurilmasi yaratildi

30 okt, 14:01 1 995 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda sun’iy nafas berish qurilmasi yaratildi SNB qurilmasi COVID-19 pandemiyasi davrida O‘zbekistonda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qurilma tanqisligining oldini olish maqsadida yaratilgan bo‘lib, narxi 5 million so‘mni tashkil etadi.

O‘zbekistonda sun’iy nafas berish (SNB) qurilmasi yaratildi. Ushbu qurilma mahalliy texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda yaratilgan va narxi 5 million so‘mni tashkil etmoqda, – deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

«O‘zavtosanoat» qoshidagi R&D markazi muhandisi Fikrat Umirovning ma’lum qilishicha, O‘zAvto sun’iy nafas berish qurilmasi mahalliy texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bemorlar uchun xavfsiz va uzluksiz tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘pkani mexanik shamollatish orqali nafas yetishmovchiligining oldini olishi ko‘zlangan.

Ushbu loyiha qiymati 65 mln so‘mni tashkil etadi. Qurilma o‘tkir respiratorli distress sindromi (o‘pka yallig‘lanishidagi nafas yetishmovchiligi)da qo‘llashga mo‘ljallangan keng qamrovli sozlamalarga ega bo‘lgan boshqaruv tizimiga ega.

Eng afzal jihati ushbu mahalliy qurilmalar boshqa keng tarqalgan SNB qurilmalarining yuqori tannarxi (25-50 ming dollar)dan sezilarli darajada arzon bo‘lib, 5 million so‘mni tashkil etadi”, – dedi Fikrat Umirov 29 oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligida bo‘lib o‘tgan “Avtomobilsozlikdagi dolzarb muammolar va innovatsiyalar” mavzusidagi seminarda.

Shuningdek, qurilma oson mexanik boshqaruv tizimiga egaligi va DIY tarkibiy qismlarining aniqlanishi osonligi bilan boshqa qurilmalardan ajralib turishi alohida ta’kidlandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar