“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 06:20
ЎЗO‘Z

iPhone 12 smartfonlarining eng katta kamchiligi ma’lum qilindi

23 okt, 00:30 2 471 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
iPhone 12 smartfonlarining eng katta kamchiligi ma’lum qilindi Foto: Reuters
The Verge nashri iPhone12 Pro smartfoniga bergan sharhida iPhone 12 turkumidagi telefonlarning asosiy kamchiligi haqida gapirdi.
Nashr bosh muharriri Nilay Patelning so‘zlariga ko‘ra, iPhone 12 Pro smartfonining quvvati 4G va 5G tarmoqlarida ishlatilgan vaqtda bir-biridan katta farq qiladi. Jurnalistlar buni tekshirish uchun beshinchi avlod simsiz tarmog‘i barqaror ishlaydigan Nyu-Yorkka borishlariga to‘g‘ri keldi.

Natija mualliflarni hayratga soldi: «Taxminan 2,5 soatlardan keyin smartfon ekranidagi quvvat ko‘rsatkichi miqdori 18 foizga tushib qoldi».

Patel, shuningdek, smartfon standart 5G tarmog‘i va millimetrlik diapazonda (mmWave) ishlatilganda ham quvvat sarfida farq borligini taxmin qildi. Ma’lum qilinishicha, bu mmWave tarmog‘i energiyani o‘ta ko‘p sarflashi bilan bog‘liq.

iPhone 12 Pro batareyasida muammolar borligini Engadjet mualliflari ham tasdiqlashgan. Shuningdek, ular kompaniyaga iPhone 12 Pro Max quvvatini uzoqroqqa yetadigan qilib boyitish borasida tavsiyalar berdi.

Umuman olganda, Qo‘shma shtatlar nashrlari batareya quvvatining tez pasayib ketishini iPhone 12 larning asosiy kamchiligi ekanligini aytishmoqda.

The Verge nashri bosh muharriri holatga izoh olish uchun Apple kompaniyasiga murojaat qilgan. Kompaniya smartfon batareyasining quvvati to‘liq bir kun davomida ishlatishga yetishini kutayotganini ma’lum qilgan.

Jurnalistlar batareya quvvati bo‘yicha 2019 yilda taqdim qilingan iPhone 11 yangi modeldan yaxshiroq degan xulosani berishdi.
Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi shu yilning 13 oktabr kuni uzoq kutilgan taqdimotda iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini namoyish qilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 106
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 118
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 181
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 51
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 78
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 153
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 237
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 140
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 30
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 45
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 122
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 173
  • Bo‘limlar