“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:08
ЎЗO‘Z

Germaniyada koronavirusni aniqlovchi dunyodagi eng tezkor test tizimi yaratildi

27 sen, 10:35 2 237 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniyada koronavirusni aniqlovchi dunyodagi eng tezkor test tizimi yaratildi Foto: «RIA Novosti»
Germaniyaning Bosch kompaniyasi koronavirusni aniqlovchi yangi test tizimini yaratdi. Natijani 39 daqiqada ma’lum qiladigan, PZRga asoslangan texnologiya dunyodagi eng tezkor test deb atalmoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

«Bosch o‘zining Vivalytic tahliliy qurilmasi uchun SARS-CoV-2 qo‘zg‘atuvchisini aniqlaydigan yangi ekspress-testni yaratdi. Shu orqali test natijasi 39 daqiqada tayyor bo‘ladi — bu PZR asosida ishlaydigan hozirda dunyodagi eng tezkor test tizimi hisoblanadi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniyadagilarning hisoblashicha, ularning mahsuloti tezkor natijalar kerak bo‘ladigan aeroportlardagi mobil testdan o‘tkazish joylarida qo‘l keladi. Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu testdan Yevropadagilar bemalol foydalana oladi. Yangi tizim mamlakatning Ilm-fan va ta’lim vazirligi yordamida yaratilgan. Test SARS-CoV-2 infeksiyasiga chalinganlarni 98 foiz aniqlikda, sog‘lomlarni esa 100 foiz aniqlikda topadi.

Avvalroq AQSHdagi Jorj Vashington universiteti tadqiqotchilari mobil telefonlar yordamida koronavirusni aniqlovchi kichik qurilma yaratgani, Eronda koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratilgani xabar berilgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 49
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 89
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 161
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar