“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:28
ЎЗO‘Z

Ehtiyot bo‘ling! Telegram’da firibgarlar paydo bo‘ldi!

08 avg, 07:55 3 623 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ehtiyot bo‘ling! Telegram’da firibgarlar paydo bo‘ldi! Ijtimoiy tarmoqlarda turli telefon raqamlariga maxfiy kodlar vositasida axborotlarni o‘g‘irlash maqsadida firibgarlarning hujumlari kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Jurnalist va blogerlar o‘z akauntlarini buzishga urinishlar bo‘lgani haqida yozishdi.

«O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi ushbu xabarlar yuzasidan quyidagicha munosabat bildirdi:
O‘zbekistonda Telegram foydalanuvchilarining akkauntlariga kirib olib, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki akkauntni qaytarib berish evaziga mo‘may pul ishlashga urinayotgan mobil firibgarlar paydo bo‘ldi. Bu haqida ijtimoy tarmoq foydalanuvchilari ma’lum qilgan.

Firibgarlik sxemasiga ko‘ra, foydalanuvchiga mobil aloqa operatorining rasmiy raqamidan qo‘ng‘iroq qilinib COVID-19 koronavirus infeksiyasi haqida o‘ta sodda va javobi oson savollar beriladigan qisqa viktorina o‘tkaziladi. G‘olibga pul o‘tkazib berish va’da qilinadi. «O‘lja» yutug‘ini olishi uchun Telegram’ga kelgan maxfiy kodni aytishi lozim. Messenjerga kelgan sirli raqam aytish, firibgarlarning akkauntga kirib olishiga sharoit yaratadi. Bloger yoki kanal administratorining akkauntiga kirib olgan firibgar u yerdagi ma’lumotlarni oshkor qilmaslik uchun pul talab qila boshlaydi. Oqibatda o‘zini viktorina g‘olibi bo‘ldim deb o‘ylagan foydalanuvchi firibgarlik qurboniga aylanadi.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, bu kabi holatlarning oldini olish uchun Telegram’da ikki tomonlama autentifikatsiyani o‘rnatish zarur. Bu Telegram’dan kelgan maxfiy raqamdan tashqari akkaunt parolini ham kirishni so‘raydigan himoya tizimi.

Yuqoridagi holatlarga o‘xshash firibgarlik sxemalari MDHga a’zo boshqa mamlakatlar hududlarida ham kuzatilmoqda.

«O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi Telegram foydalanuvchilaridan axborot xavfsizligi bo‘yicha yuqoridagi tavsiyalarga rioya qilishni, telefon orqali begona raqamdan qo‘ng‘iroqlar bo‘lib shubhali viktorinalar o‘tkazilish holatlari kuzatilganida, messenjer orqali maxfiy kodlar yuborilib, ularni aytish so‘ralganida begonalarga ushbu ma’lumotni oshkor etmaslikni, firibgarlik sxemalaridan ogoh bo‘lishni so‘raydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 142
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar