“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:01
ЎЗO‘Z

AQSHda mashhur shaxslarning Twitter sahifalariga hujum uyushtirgan o‘smir qo‘lga olindi

01 avg, 17:50 1 803 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHda mashhur shaxslarning Twitter sahifalariga hujum uyushtirgan o‘smir qo‘lga olindi Foto: imago
17 yoshli Grem Ayven Klark, 19 yoshli Meyson Sheppard va 22 yoshli Nima Fazeli elektron tovlamachilik maqsadida o‘zgalarning kompyuterlariga ruxsatsiz kirishda ayblanmoqda. Prokuratura 17 yoshli Klarkni bu ishning "bosh tashkilotchisi" deb atamoqda.

AQSH hukumati ikki hafta avval mashhur shaxslar va kompaniyalarning Twitter sahifalarini buzib kirishda gumonlangan uch nafar xakerga nisbatan ayblov e’lon qildi. Bu haqda Kaliforniya va Florida shtatlari prokuraturalari xabar berdi.

Ayblanuvchilarning ikki nafari AQSH, uchinchisi esa Buyuk Britaniya fuqarosi hisoblanadi.
17 yoshli Grem Ayven Klark, 19 yoshli Meyson Sheppard va 22 yoshli Nima Fazeli elektron tovlamachilik maqsadida o‘zgalarning kompyuterlariga ruxsatsiz kirishda ayblanmoqda. Ularga 250 ming dollargacha jarima solinishi va 45 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

17 yoshli Klark Twitter akkauntlarni buzishning "bosh tashkilotchisi" deb atalmoqda. U bilan Florida prokuraturasi shug‘ullanmoqda. Mazkur shtat qonunlari voyaga yetmaganlarga ham moliyaviy jinoyatlarda ayblov e’lon qilish imkonini beradi.

16 iyul kuni Twitter ijtimoiy tarmog‘i boshqaruvi kiberhujum oqibatida 130ga yaqin shaxsiy sahifa buzilganini ma’lum qilgandi.

Xakerlar Twitter tarmog‘ining ichki tizimlariga kirib, AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden, TV yulduzi Kim Kardashyan, sobiq prezident Barak Obama, milliarderlar Ilon Mask va Bill Geyts va boshqalarning sahifalariga kirish imkoniga ega bo‘lishgan. Ular mazkur sahifalarda ko‘rsatilgan hisobga bitkoin o‘tkazgan kishiga yarim soat ichida ikki baravar qilib qaytarilishiga doir xabar joylashgan. Shu tarzda ular 100 ming dollardan ortiq pulga ega bo‘lishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 527
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar