“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 16:42
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olishdan saqlanishda yordam beruvchi mobil ilova yaratildi

16 iyul, 19:43 3 011 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olishdan saqlanishda yordam beruvchi mobil ilova yaratildi Sog‘liqni saqlash vazirligi Covid-19’ga qarshi ijtimoiy masofani saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratilgani haqida xabar berdi.
«Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasi bilan to‘qnash kelgan fuqarolarni ijtimoiy masofa saqlash bo‘yicha ogohlantiruvchi Self-Safety mobil ilovasi yaratildi.

COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda mobil ilovalardan foydalanish samaradorligi Janubiy Koreya, Singapur, Isroil, Italiya, Fransiya kabi ko‘plab boshqa davlatlar tajribasida isbotlandi. Bu turdagi ilovalar jamoat joylarida sizning xotirjamligingizni ta’minlaydi, yaqin kishilaringizni kasallik yuqtirib olish ehtimoli paydo bo‘lganda ogohlantiradi
», deyiladi xabarda.

Ilova mobil telefonning GPS va Bluetooth modullari yordamida foydalanuvchilardan birida kasallik aniqlansa, bir daqiqa ichida barcha foydalanuvchilarni 5 metr radiusda kesishgan nuqtalarini solishtiradi. Kesishuv nuqtalari aniqlangach, mazkur joylarda 5 metrli radiusda bo‘lgan barcha foydalanuvchilarga PUSH-xabarnoma ko‘rinishida kasal bilan aloqada bo‘lganlik ehtimoli to‘g‘risida va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Mobil ilova Android va iOS platformalarida mavjud bo‘lib, www.coronavirus.uz veb-saytidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tishda ilova GPS va Bluetooth modullarini yoqib qo‘yish lozim.

Ilova undan qancha ko‘p odam foydalansa, uyidan tashqarida ushbu ilovani faollashtirsa, shuncha sifatli va yaxshi ishlaydi.
«Shu o‘rinda biz mamlakatimiz aholisidan infeksiyani barvaqt aniqlash va tarqalishini oldini olish maqsadida Safe-Safety ilovasidan faol foydalanish, hukumat va tibbiyot xodimlariga COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam berishga chaqirib qolamiz.

Safe-Safety ilovasini onlayn magazinlar va www.coronavirus.uz veb-sayti orqali yuklab oling. O‘zingiz va yaqinlaringizni COVID-19 xavfidan himoyalang!
», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
koronavirus, mobil ilova




Mavzuga oid yangiliklar
  • Olimlar bakteriyalardan yangi antibiotik yaratdi 23 noya, 23:09 13
  • Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi 23 noya, 19:38 16
  • Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi 22 noya, 22:40 24
  • Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi 22 noya, 19:33 10
  • Kim Kardashyan Tesla'ning odamsimon robotini xarid qildi (video) 21 noya, 15:57 39
  • Apple kompaniyasi arzon ayfon chiqaradi 21 noya, 11:30 24
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda 24 noya, 15:43 0
  • Gvardiola hech qachon bunaqa sharmanda bo‘lmagandi 24 noya, 15:23 1
  • Raqiblar o‘zbek bokschisidan cho‘chiyapti: “Bokschilarimiz kushandasi” 24 noya, 15:00 6
  • O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi 24 noya, 14:34 7
  • Xalqaro moliya bozori sharhi... 24 noya, 13:48 9
  • O‘zbekistonda 1 dekabrdan uy-joyni ta’mirlash uchun kreditga arizalar qabul qilinadi 24 noya, 13:24 9
  • Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi 24 noya, 13:00 8
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi 24 noya, 12:24 12
  • Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi 24 noya, 11:58 24
  • Taxtni tashlab qochgan bangi... 24 noya, 11:35 24
  • Isroil Bayrutga zarba berdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan 24 noya, 11:27 10
  • Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di 24 noya, 10:36 11
  • Bo‘limlar