“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:56
ЎЗO‘Z

Samsung tasodifan Galaxy Note20 Ultra flagmanining dizaynini oshkor qilib qo‘ydi

03 iyul, 14:43 2 811 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samsung tasodifan Galaxy Note20 Ultra flagmanining dizaynini oshkor qilib qo‘ydi Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Samsung kompaniyasining rasmiy saytida bir vaqtning o‘zida stilusga ega bronza rangli yangi smartfonning ikkita surati paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Suratlar Samsung’ning Rossiyadagi saytida — Galaxy Note8 smartfoniga mo‘ljallangan bo‘limida paydo bo‘lgan. Galaxy Note20 Ultra suratlari ushbu sahifada 8 kundan beri turgan bo‘lsa-da, u yaqindagina aniqlangan. Ushbu xabarni tayyorlash vaqtida yangilik to‘g‘risidagi xabar o‘chirib tashlangan, shunga qaramay kompaniya serverlarida ochiq holatda saqlanmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, surat rasmiy saytda xatolik sabab paydo bo‘lib qolgan. Bu serverdagi fayllarning bir xil nomlanishi yoki shunchaki e’tiborsizlik sabab sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Smartfon dizayni may oyining oxirlarida Onleaks nikli insayder tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga to‘liq mos keladi. Smartfonga uchta ob’ektivga ega massiv modul o‘rnatilgan bo‘lib, qurilma korpusining o‘tkir burchaklari ekranga birlashib ketgan.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Shuningdek, suratda yangi S Pen stilusini ham ko‘rish mumkin. U o‘zidan avvalgi stiluslardan tashqi ko‘rinishi bilan farq qilmaydi.

Mish-mishlarga ishoniladigan bo‘lsa, Galaxy Note20 Ultra smartfoni Note lineykasidagi eng katta displeyga ega bo‘ladi — 6,9 dyuym. Note20 taqdimoti avgust oyining boshlarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Taqdimotda yangi flagmandan tashqari, 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi buklanuvchan Galaxy Z Flip modelini, Galaxy Fold 2 smartfon-planshetini taqdim etishi kerak.
Samsung, Galaxy Note20 Ultra




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar