“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 15:41
ЎЗO‘Z

Bahraynda koronavirusni yo‘q qila oluvchi robot ishlab chiqildi

02 iyul, 22:30 3 745 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bahraynda koronavirusni yo‘q qila oluvchi robot ishlab chiqildi Foto: APCO
Bahraynda inshootlarda koronavirus va boshqa mikroorganizmlarni yo‘q qila oluvchi robot sinovdan o‘tkazilmoqda. Qurilma virusga qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlanish yordamida ta’sir qiladi.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, robot mikroorganizmlarning membranasini yemirib, 30 daqiqa ichida ularning 90 foizgachasini o‘ldiradi. Membrana yemirilishi oqibatida organizmlarning DNKsi parchalanadi. Ta’kidlanishicha, robot ishlayotgan vaqtda xonada odamlar bo‘lmasligi lozim, chunki undan chiqayotgan nur inson hujayralariga zarar yetkazishi mumkin.

Robot, shuningdek, 12 tilda gaplashadi, tana haroratini o‘lchaydi, ovozli buyruqlarga javob beradi va yuzni tanish texnologiyasini qo‘llaydi.
Sharqiy Angliya universiteti professori Pol Xanterning ta’kidlashicha, ultrabinafsha nur ko‘plab viruslarga qarshi samarali vosita hisoblanadi va keng qo‘llanadi. Jumladan, u yordamida ichimlik suvi zararsizlantiriladi.

Ayni vaqtda robot sanoat sharoitlarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu orada robotning ikkita nusxasi Bahrayn tibbiy muassasalarida qo‘llanmoqda. Ta’kidlanishicha, ultrabinafsha nur yordamida sirtlarni zararsizlantirish va viruslarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan bunday qurilmalar bungacha AQSH, Xitoy va Daniyada ishlab chiqarilgan.

Avvalroq AQSHning Boston universiteti olimlari maxsus lampalarning ultrabinafsha nuri koronavirusni tez yo‘q qila olishini aniqlashgandi. Ular o‘tkazgan tajriba kvadrat santimetr yuzaga 22 megajoul miqdordagi nurlanish virusni 25 soniyada 99,9999 foizga yo‘q qilishini ko‘rsatgan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 52
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 104
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 154
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 61
  • So'nggi yangiliklar
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 0
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 0
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 0
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 0
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 2
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 5
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 42
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 58
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 41
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 221
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 124
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 62
  • Bo‘limlar