“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:30
ЎЗO‘Z

Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon

27 iyun, 21:57 2 392 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xiaomi tarixidagi eng zo‘r uchta smartfon Smartfonsoz kompaniyalarning rahbarlari o‘zlari qaysi rusumlardagi telefonlarni ishlatishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Xiaomi korporatsiyasi bosh direktori Ley Szyun (Lei Jun) ulardan o‘zi yaxshi ko‘rgan uchtasini ma’lum qildi, deb yozmoqda «Terabayt».

Ley Szyunga eng ma’qul kelgan dastlabki smartfon Xiaomi Mi Mix 2 modeli ekan. Kompaniya rahbari uni keramikadan ishlangan, betakror orqa qopqog‘i uchun ham yoqtirishini ta’kidlab o‘tgan.

Mi Mix 2 flagmani 2017 yilning sentabrida namoyish qilingan bo‘lib, foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida kuchli uchlikka kirgan.

Xiaomi rahbariga yoqqan ikkinchi smartfon – sanoqli miqdorda ishlab chiqarilgan, Xiaomi Mi 6 Bright Silver Discovery Edition nomli maxsus talqindagi qurilmadir.

Top-menejerning izoh berishicha, mazkur modelning korpusini ishlab chiqarishda o‘ta yuksak aniqlikdagi vakuumli shakl berish jarayoni qo‘llangan, shu sababli ham ko‘zgu effektini beradi.

Va nihoyat, Ley Szyun kompaniyaning bu yilgi flagmani – Xiaomi Mi 10 Pro modelini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Ushbu modelini ishlab chiqayotganida kompaniya o‘z an’anasiga ko‘ra smartfon tannarxini imkon qadar past qilishni emas, balki maksimal darajada samarador flagman yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan», deydi u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar