“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 04:15
ЎЗO‘Z

Telegram videoqo‘ng‘iroq funksiyasi ishga tushirdi

24 iyun, 19:39 3 619 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Telegram videoqo‘ng‘iroq funksiyasi ishga tushirdi Yurtimizda keng ommalashgan Telegram ko‘p jihatdan raqobatchilaridan ustun; uning asosiy kamchiligi esa video qo‘ng‘iroq funksiyasi yo‘qligidir. Mazkur messenjer asoschisi Pavel Durov ushbu opsiya ham ilovaga qo‘shilayotgani haqida avvalroq aytgan edi.

Nihoyat, video qo‘ng‘iroqlar funksiyasi Telegram'da sinov tariqasida foydalanuvchilarga taqdim etildi. Lekin u hozircha faqat iOS tizimi uchun ishlab chiqilgan Telegram kliyentining 6.3 raqamli beta-versiyasida mavjud.

Sinab ko‘rishni istagan iPhone egalari avvalo mana bu havola orqali TestFlight dasturini o‘rnatib olishlari lozim. Keyin esa kelgan taklifnomadagi havola yordamida Telegram 6.3 beta-versiyasini o‘rnatib, undagi debag-menyu orqali uni faollashtirish zarur. Ya’ni, «shesternyacha» belgisi ustiga ketma-ket 10 marta bosish kerak. Keyin esa ro‘yxatning eng oxiridagi «Experimental Feature» pereklyuchatelini yoqsangiz, profil menyusida «Video qo‘ng‘iroq» tugmachasi paydo bo‘ladi.

pic.twitter.com/yZHBNNaoFg

— Shukhrat (@bankir2102) June 24, 2020

Ta’kidlab o‘tish muhimki, video qo‘ng‘iroqni sinab ko‘rishingiz uchun nafaqat sizda, balki suhbatdoshingizda ham mazkur funksiya faollashtirilgan bo‘lishi lozim. Shunday ekan, ushbu yo‘riqnomani yaqinlaringizga ulashing va ular bilan Telegram'da video suhbat qiling!

Messenjerning Android tizimidagi beta-versiyasiga va barqaror kliyentlariga video qo‘ng‘iroq opsiyasi qachon tatbiq etilishi hozircha noma’lum.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 103
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar