“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:52
ЎЗO‘Z

Uyqusizlik muammosini hal etadigan robot yaratildi. Buning uchun uni quchoqlash kifoya

04 iyun, 13:03 2 409 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uyqusizlik muammosini hal etadigan robot yaratildi. Buning uchun uni quchoqlash kifoya Foto: «Yandeks»
Niderlandiyaning Somnox kompaniyasi kechasi uyqusizlikka qarshi yordam beradigan robot-yostiqni yaratdi. Buning uchun ushbu yostiqni quchoqlash kifoya, deb xabar beradi «Yandeks Dzen» platformasi.

Unchalik katta bo‘lmagan, uzunchoq va yumshoq yostiq foydalanuvchiga sekin va muntazam nafas olish ritmini sozlashda yordam beradi, bu esa uni tinchlantirib, uxlashiga xizmat qiladi. Ushbu mahsulot miyaning bodomsimon qismini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar bazasida yaratilgan.

Yostiq loviya ko‘rinishida bo‘lib, og‘irligi ikki kilogrammga yaqin, uzunligi esa 40 santimetr atrofida.

Yostiqqa o‘rnatilgan sensorlar foydalanuvchi uxlayotgan yoki uxlamayotganini aniqlovchi ma’lumotlarni yig‘adi. Shu bilan birga, qurilma ushbu o‘zgarishlarni tushunadigan algoritmdan foydalanadi va insonning holatiga qarab, o‘z «nafas olishini» o‘zgartiradi. Bularning barchasi avtomatik ravishda amalga oshadi, ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, robot-yostiq sizning yumshoq do‘stingizga aylanadi.

Foto: «Yandeks»
Bundan tashqari, robot turli usullar bilan foydalanuvchining uxlashiga yordam beradi. Xususan, u oq shovqin yoki tabiat tovushi kabi tinchlantiruvchi ovozlar chiqaradi. Mazkur tovushlar insonning tinchlanishiga yordam beradi.

Somnox iOS yoki Android bazasidagi smartfonlarga o‘rnatiladigan mobil ilova yordamida ishlaydi. Ilova robot ishini sozlashga yordam beradi. U orqali nafas olishning aniq bir chastotasini yoki robotning avtomatik moslashuvchanligini tanlash mumkin.

Qurilma narxi 599 dollarni tashkil etadi. Kompaniya xaridorlarga o‘z mahsulotidan 30 kun foydalanishni tavsiya qiladi, agar robot-yostiq foyda bermasa, pullarni qaytarib olish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 104
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar