“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 13:30
ЎЗO‘Z

Beeline’ning 749 ming abonentiga yolg‘on xabar yuborilgani ma’lum bo‘ldi

21 мая, 22:00 2 959 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Beeline’ning 749 ming abonentiga yolg‘on xabar yuborilgani ma’lum bo‘ldi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi Beeline Uzbekistan mobil operatori tomonidan «G‘olib bo‘l va yutib ol!» aksiyasi bo‘yicha soxta reklama orqali iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot bergani uchun «ViaMobi» MChJga nisbatan qarshi ish qo‘zg‘atdi.

Xususan, aksiya ishtirokchilari – iste’molchilar so‘roviga binoan ularning telefon raqamlariga «Sizning telefon raqamingiz 100 000 000 so‘mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna bo‘lish narxi kuniga 1999 so‘m» kabi mazmundagi SMS-xabar yuborilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovni «ViaMobi» MChJ batafsil o‘rganib chiqqanidan so‘ng mazkur aksiyada ishtirok etishga e’tiborni jalb qilish uchun tanlangan Abonentlar guruhiga SMS-xabar yuborilganini tan olgan. Matnni moslashtirish (tarjima qilish) jarayonidagi xato tufayli xabarning ma’nosi o‘zgarib ketgan. Natijada abonentlar «Siz g‘olib bo‘lishingiz mumkin» o‘rniga («Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi.

Sizning raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning ehtimoliy sohibi sifatida tanlandi! SMS orqali 3 sonini 6767 ga yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: https://win.beeline.uz)», «Sizning raqamingiz aksiya g‘olibi deb tanlandi» («Hisobni to’ldirganingiz uchun Sizga 500 ball taqdim etildi. Sizning ****** raqamingiz 100 000 000 so’mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! 3 sonini 6767 raqamiga SMS yuboring! Xizmatga obuna bo’lish narxi 1999 so’m/kun. Ma’lumot: https://win.beeline.uz)» mazmunida yuborilgan noto‘g‘ri matnni olishgan.

Ushbu reklama aksiyasida 749 ming iste’molchi ishtirok etgan bo‘lib, joriy yilning mart oyi holatiga umumiy daromad miqdori 1 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Shu munosabat bilan, «ViaMobi» MChJ tomonidan taqdim etilgan reklama beruvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» va «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlarni buzganlik uchun ish qo‘zg‘atildi.

«Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, noto‘g‘ri reklama oqibatida sotib olingan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim. Mazkur holatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilishini ma’lum qilamiz», deyiladi qo‘mita axborotida.

Shuningdek, iste’molchilardan «G‘olib bo‘l va yutib ol! » aksiyasida noto‘g‘ri reklama qo‘llanishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi va «ViaMobi» MChJga murojaat qilish so‘ralgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 142
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 0
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 0
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 1
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 7
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 13
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 21
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 16
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 29
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 46
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 118
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 170
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 46
  • Bo‘limlar