“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 02:29
ЎЗO‘Z

Vaksina topildi, ammo nima uchun hamon yo‘q?

31 mar, 12:30 7 871 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Vaksina topildi, ammo nima uchun hamon yo‘q? Koronavirus paydo bo‘lgandan beri o‘nlab mamlakatlar unga vaksina topilganini e’lon qilishdi. Birinchi bo‘lib Fransiya, undan keyin Isroil, yaqinda hatto Rossiya ham ro‘yxatga qo‘shildi. Lekin, virus chiqqaniga uch oydan oshdiki hali vaksina yo‘q.

Buning quyidagi asosiy sababi bor. Virus alohida ajratib olingandan so‘ng unga nisbatan vaksinalar ishlab chiqariladi va laboratoriya sharoitida tekshiriladi. Undan so‘ng vaksinaning effektini baholash uchun hayvonlarda test boshlanadi. Bu test uchun xalqaro tashkilotlardan, hukumatdan qator ruxsatnomalar olinishi shart.

Endi bir necha oylik hayvonlar ustida test ketadi. Bu sichqon, kalamush, maymun bo‘lishi mumkin.

Hayvonlarda ham muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda endi insonlarga test qilish uchun yana uzoq ruxsat olish jarayoni ketadi. Bir necha oy davom etadigan jarayondan so‘ng insonlarda test boshlanadi. Birinchi etapda vaksinaning kasallikka qarshi foydasi baholanadi. Agar foydali bo‘lib chiqqan taqdirda ham uni qo‘llashga shoshilishmaydi. Chunki vaksinani organizmga zarari ham bo‘lishi mumkin. Odamlarda rak yoki boshqa xavfli kasallik keltirib chiqaradigan vaksinalar tarixda bo‘lgan ekan.

Endi bir necha oy vaksinani boshqa effektlarini kuzatish jarayoni ketadi. Shundan ham eson-omon o‘tib olsagina, undan keyin yuristlar o‘rtasida brend uchun, litsenziya uchun janglar boshlanadi. Laboratoriya vaksinani ishlab chiqarishni kimlarga sotadi, kimlar ishlab chiqaradi. Buni ham aniqlab olishgandan so‘ng, endi zavodlarni qurib, ishlab chiqarishni boshlab, uni bir necha milliard odamga yetkazib berish kerak. Bu yillab vaqt olishi mumkin.

Shu uchun ham vaksina topildi degani, u hali muvaffaqiyatli testdan o‘tdi, ruxsatnoma olinib, ishlab chiqarib, shifoxonalarga yetkazildi degani emas. Sabr qilishda davom etamiz.

Hozirgi vaziyatda eng to‘g‘ri qaror testlar sonini maksimal ko‘paytirish, virus yuqtirganlarni tezroq aniqlash, ularni hammadan ajratish, karantin va gigiyena.
Manba: Xabar.uz
Koronavirus, vaksina




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 51
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 53
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 100
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 26
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 43
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 121
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 170
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 111
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 25
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 33
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 101
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 140
  • Bo‘limlar