“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 23:03
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda avtomobil va avtobuslar yig‘ishni rejalashtirmoqda

09 mar, 22:45 4 377 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorlikda avtomobil va avtobuslar yig‘ishni rejalashtirmoqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 mart, dushanba kuni, Rossiya va Ozarbayjon bilan ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, keyingi yillarda Ozarbayjon bilan o‘zaro savdo va investitsiya ko‘rsatkichlari muttasil ortib bormoqda. Xususan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, Ozarbayjon bilan ikki tomonlama savdo hajmi esa 55,7 foizga oshdi.

Investitsiyaviy hamkorlik mustahkamlanmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokida tashkil etilgan 178 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Yig‘ilishda ushbu mamlakat bilan qo‘shma loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish hamda investitsiya, savdo va transport-logistika sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.

Ozarbayjonlik hamkorlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish doirasida umumiy qiymati 355 million dollardan ziyod loyihalar ishlab chiqilayotgani ta’kidlandi. Jumladan, yengil avtomobil va avtobuslar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Neft-gaz sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik kengaymoqda.

Ushbu tadbirlarni mazmunan boyitish zarurligi alohida qayd etildi, ishni samarali tashkil qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Ma’lum qilinishicha, 16—17 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazish mo‘ljallangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya va Ozarbayjonning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlikni faollashtirish, sheriklikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Ozarbayjon bilan agrar sanoat, uzumchilik va vinochilik, zargarlik, neft va gaz, transport va logistika, ta’lim sohalarida qo‘shimcha yangi loyihalarni ishlab chiqish topshirildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 132
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 241
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 509
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim" 28 apr, 22:53 0
  • Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan? 28 apr, 22:44 0
  • Zelenskiy ukrainaliklarni qo‘rqitmaslik uchun halok bo‘lganlar sonini kamaytirib aytgan 28 apr, 22:20 2
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 22
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 59
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 216
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 163
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • Bo‘limlar