“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 04:25
ЎЗO‘Z

Telegram’da «tozalash»: O‘zbekistondagi kanallar 4 millionga yaqin soxta obunachisidan ayrildi

17 fev, 15:55 3 835 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Telegram’da «tozalash»: O‘zbekistondagi kanallar 4 millionga yaqin soxta obunachisidan ayrildi 15–16 fevral kunlari Telegram messenjerida o‘tkazilgan «tozalash» natijasida O‘zbekistondagi kanallar 3 945 878ta obunachisini yo‘qotdi.
Telegram kanallar haqidagi statistikasini kuzatib boruvchi Telegram Analytics saytidan O‘zbekistondagi qaysi kanallar katta yo‘qotishga uchraganini ko‘rish mumkin.

Bu – Telegram’ning vaqti-vaqti bilan o‘tkazib turiladigan, sun’iy bot akkauntlaridan keng ko‘lamli tozalash ishlari natijasi hisoblanadi.

Bunday raqamli operatsiya bundan avval ham bo‘lgan, eng kattasi 2019 yilning iyun oyiga to‘g‘ri kelgandi. O‘shanda yo‘qotilgan obunachilarning umumiy soni birgina O‘zbekistonning o‘zida 11 kun ichida 12,3 milliontani tashkil qilgan. Bir oy o‘tib esa, navbatdagi operatsiyada 10,1 millionta akkaunt yo‘qotilgan.

Tozalash ishlari O‘zbekistondan tashqaridagi kanallarga ham katta ta’sir qilgan. Bu gal Rossiya – 6,9 mln, Ukraina – 250 ming, Eron – 5,3 mln. dona akkaunt kanallar obunachilari safidan o‘chirildi. Qozog‘istondagi kanallar esa qariyb yuz ming soxta akkauntdan tozalangan.




Osiyoning janubiy qismida soxta akkauntlar hisobiga kanal obunachilarini ko‘paytirish usuli ixtiro qilingan bo‘lib, O‘zbekistondagi ayrim «ko‘ngilochar» Telegram-kanallar ham bu usullardan foydalanib kelishadi. Avvalgi tozalashlar oqibatida qing‘ir yo‘llar bilan obunachilari sonini ko‘paytirayotgan, hatto millionlik marrani «zabt etgan» kanallarning ko‘rsatkichlarida keskin qulash kuzatilgan edi.

Ular bu usuldan foydalanib, reklama beruvchilarning reklamasini aslida yo‘q foydalanuvchilarga go‘yoki namoyish etishga qiziqtirib, aldab kelishayotgandi. Botlar va soxta foydalanuvchilarga qarshi kurash e’lon qilingandan beri shubhali kanallar minglab «foydalanuvchisi»dan ayrilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Obunachilar sonini ko‘paytirish xizmati»dan foydalanmagan kanallarda muntazam o‘sish davom etmoqda. Buni Telegram Analytics saytidan ham ko‘rish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar