“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:05
ЎЗO‘Z

Mikrofonlar orqali yashirincha tinglashga qarshi bilaguzuk ishlab chiqildi

17 fev, 06:30 2 696 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mikrofonlar orqali yashirincha tinglashga qarshi bilaguzuk ishlab chiqildi Foto: New York Times
Chikago universiteti olimlari - er-xotin Ben Chjao va Xizer Chjen mikrofonlar orqali yashirincha tinglashga qarshi bilaguzuk ishlab chiqishdi. Ularning fikricha, moslama suhbatlar maxfiyligini saqlashga imkon beradi.

Olimlar ushbu moslamani sotishni niyat qilishmagan va shu sababli uning sxemasini mustaqil yig‘ish uchun e’lon qilishgan. Gadjet uchun ketadigan komponentlar narxi 20 dollarni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, ushbu bilaguzuk keyinroq yaxshiroq dizayn bilan yuqoriroq narxda sotuvda paydo bo‘lishi mumkin.

E’tiborlisi, ushbu qurilma er-xotinning Amazon’ning Alexa ovozli yordamchisiga ega aqlli karnayi xavfsizligi borasidagi bahsi negizida yuzaga kelgan. Xizer Chjen ushbu qurilmaning ishlash joyida joylashtirilishiga qarshi bo‘lgan, chunki bunda karnay tomonidan ovoz yozib olinib, Amazon servisiga jo‘natilishi ehtimoli yuzaga kelgan.

Er-xotin ushbu bahsni atrofdagi mikrofonlarni bo‘g‘uvchi qurilma yordamida hal qilishdi. Bilaguzuk uchun biroz qo‘polroq chiqqan moslama ishchi holatda 24 ta dinamik yordamida yuqori chastotali shovqin hosil qiladi.

24-26 KGs chastotada tarqaluvchi shovqin katta yoshli odamlarga eshitilmaydi, uni ba’zi bolalar va hayvonlar eshitishi mumkin. Mikrofonlar uchun bu shovqin suhbatni (signalni) yozishga va tushunishga imkon bermaydigan xalaqitlar hosil qiladi. Mikrofonlar aynan shu shovqinni qayd qiladi va natijada yozuvda faqat yuqori chastotali shovqin hosil bo‘ladi.

Qurilma, shuningdek, smartfonlarda dastur orqali yashirincha tinglash muammosiga ham barham beradi. Bundan tashqari, u aqlli karnaylar va boshqa shu kabi qurilmalar tomonidan nutqning ushlab olinishiga qarshilik qiladi.

Olimlarning g‘oyasiga ko‘ra, foydalanuvchilar o‘zaro suhbatlar vaqtida mikrofonlarni yoki ular bilan jihozlangan qurilmalarni o‘chirib qo‘yishlari shart emas. Buning uchun ular bilaguzukni ishga tushirishlari kifoya qiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 98
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 153
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 298
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar