“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 15:34
ЎЗO‘Z

Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?

12 fev, 23:55 5 683 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi? O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki «IT-park» barpo etilyotganini, u hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshlaganini ta’kidlagandi.

Shuningdek, bunday «IT-park»lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etilishi aytilgandi.
Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda «Bir million dasturchi» loyihasini amalga oshirish boshlangani alohida e’tirof etildi. Tabiiyki, ko‘pchilik yurtdoshlarimizda «IT-park» faoliyatiga qiziqish yanada ortdi.

«IT-park» Prezidentimizning 2018 yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv asosida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindistonning Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 yanvarda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, «IT-park» faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilanib, direksiya tuzildi. Joriy yilning iyul oyida uning dastlabki binosi foydalanishga topshirildi.

Asosiy vazifa va yo‘nalishimizdan biri — axborot texnologiyalari sohasidagi boshlang‘ich va kichik korxonalarga startap loyihalarni amalga oshirishda venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashishdir. Hozirda bu yerda axborot, moliya texnologiyalari, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Masalan, AQSHdagi transport korxonalariga logistika hamda kafe va pitsseriyalarga autsorsing bo‘yicha texnologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Texnoparkda to‘rtta yo‘nalish — rezidentlar bilan ishlash, IT-Akademiya, venchur moliyalashtirish hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish loyihalari bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Murojaatnomadagi vazifalarni amalga oshirish uchun Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hududini kengaytirish va yangi infratuzilma ob’ektlari qurilishini boshlash maqsadida konsepsiya ishlab chiqildi. Hududda 400 ming kv. metrdan ortiq ofis binolari, konferens zal, kovorking markaz, mehmonxona va boshqa binolar quriladi. Buning natijasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi mingdan ortiq yangi korxonalar tashkil etiladi. 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Urganch va Guliston shaharlarida shu yil yakuniga qadar «IT-park» hududiy filiallari tashkil etiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, ularga dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.

Shu maqsadda Axborot texnologiyalari va kmommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Birlashgan Arab amirliklarining «Dubay kelajak jamg‘armasi» o‘rtasidagi kelishuvga asosan, mamlakatimizda «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi ishga tushdi. Bu loyiha AQSHning Udacity onlayn o‘quv platformasida, 4 ta dasturlash yo‘nalishda olib boriladi. Bular android, ma’lumotlar tahlili, «fullstack» va «frontend»dir. Bu kurslarda yoshidan qat’i nazar, barcha ishtirok etishi mumkin. Kurslar bepul. O‘qish yakunida bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

Mazkur «IT-park» rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 2028 yilning 1 yanvariga qadar soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan. Bu soha mutaxassislariga katta madad bo‘lib, «IT-park»ka qiziqishni oshirmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 35
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 81
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 113
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 156
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 299
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 0
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 0
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 1
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 0
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 21
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 43
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 29
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 149
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 49
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 125
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 137
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 49
  • Bo‘limlar