“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:26
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda aholining mobil aloqa bilan qamrovi 96 foizga yetdi

05 fev, 13:59 3 604 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda aholining mobil aloqa bilan qamrovi 96 foizga yetdi 2019 yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi. Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi.

2020 yilda respublika bo‘yicha 12 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurish va 2 200 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish belgilab olindi.

Shuningdek, 2019 yilda «Optik tolali aloqa liniyalarini qurish» loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km.ga yetkazildi.

Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar