“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:07
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev: "Barcha qishloq va mahallalar 2 yil ichida tezkor internet bilan ta’minlanadi"

24 yanv, 12:31 3 869 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev: "Barcha qishloq va mahallalar 2 yil ichida tezkor internet bilan ta’minlanadi" 2020 yilda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha tub burilish qilishimiz kerak, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomasida.

Davlat rahbariga ko‘ra, birinchi navbatda qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, sog‘liqni saqlash, ta’lim, arxiv sohalarini to‘liq raqamlashtirish lozim.

«Ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etilishi shart.
O‘tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta’minlashimiz kerak.

Hozirgacha 7 mingdan ortiq sog‘liqni saqlash, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar yuqori tezlikdagi internetga ulangan bo‘lsa, keyingi 2 yilda yana 12 mingta muassasa tezkor internetga ulanadi
», – dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev «Elektron hukumat» tizimini qayta ko‘rib chiqish kerakligiin aytib, yangi tashkil etilayotgan «AyTi-park»lar va «1 million dasturchi» loyihasi haqida ham eslab o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, «Raqamli O‘zbekiston – 2030» dasturini ishlab chiqishni ikki oy muddatda yakunlash lozim.

«Kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh bo‘lish uchun hukumatda – Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa – alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi», – deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar