“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 19:22
ЎЗO‘Z

Dunyodagi eng tez aylanuvchi jism daqiqasiga 300 mlrd marta aylandi

21 yanv, 08:13 4 082 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyodagi eng tez aylanuvchi jism daqiqasiga 300 mlrd marta aylandi AQSHning Perdyu universiteti olimlari o‘z rekordlarini yangilashdi. Gap shundaki, ular 2018 yilda dunyodagi eng tez aylanuvchi jismni yaratishgan. Ushbu jism daqiqasiga 60 mlrd marta aylana olgan. Endi esa shu olimlar jamoasi o‘z rekordini 5 marta yaxshilay oldi. Bu haqda Nature Nanotechnology nashrida ma’lum qilindi.

Avvalgi tajribadagi kabi jism o‘zidan vakuumda muallaq turgan kremnezyomning gantel ko‘rinishidagi nanozarrasini aks ettirgan. Nanozarrani aylantirish uchun ikkita lazer qo‘llangan. Bitta lazer uni joyida ushlab turgan, ikkinchisi esa aylantirgan. Yorug‘lik fotonlari jismga tushganda, unga radiatsiyaviy bosim kabi ma’lum bo‘lgan kuch bergan.

Odatda bu kuch sezilarli effekt hosil qilish uchun juda kuchsizdir. Biroq deyarli ishqalanish bo‘lmagan vakuumda u jismlarni rekord tezlikda aylantiradi. Olimlar o‘tkazgan tajribada jismning aylanish tezligi daqiqasiga 300 mlrd martani tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, tish shifokori bormashinasi daqiqasiga 500 ming marta, tabiatdagi eng tez aylanuvchi jism – pulsar esa 43 ming marta aylanadi.

“1600-yillarda Iogann Kepler kometalar dumi radiatsiyaviy bosim sababli doimo Quyoshga qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘lishini ko‘rgan. Biz nanozarralar aylanishi uchun ham xuddi shu hodisani lazerlar bilan amalga oshiramiz”, deb aytgan tadqiqot muallifi Tongkan Li.

Olimlarning ma’lum qilishicha, ushbu ishlanmani vakuum ishqalanish va nanoo‘lchamli magnetizm kabi kvant effektlarini o‘lchashda qo‘llash mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 528
  • So'nggi yangiliklar
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 20
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 19
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 102
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 72
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 39
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 50
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 40
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 119
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 65
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 100
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 43
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 42
  • Bo‘limlar