“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 14:58
ЎЗO‘Z

Intellektni o‘lchash mumkinmi?

09 yanv, 16:15 3 801 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Intellektni o‘lchash mumkinmi? Intellektni o‘lchasa bo‘lar ekan! Albatta, bu o‘rinda turli IQ-testlar va shu singari bilvosita usullar emas, balki to‘g‘ridan to‘g‘ri fiziologik o‘lchashlar orqali intellektni baholash nazarda tutilmoqda. Elseiver tasarrufidagi Trends in Neuroscience and Education jurnalida Deytroytdagi Ueyn universiteti olimi Ana Dogerti boshchiligidagi ilmiy guruhning shu masalaga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi.

Ta’kidlanishicha, inson intellektini o‘lchash uchun, bosh miyaning dumli yadrosi va paragippokampal qobig‘ining hajmini tahlil qilish kerak bo‘ladi. Bu ikki sohaning tashqi o‘lchamlari faol intellekt darajasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lar ekan.

Hozirdagi eng ommalashgan koginitiv nazariyaga ko‘ra, intellektning faolligi yoki fluid intelligence mantiqiy fikrlash qobiliyatimiz, yangi bilimlarni o‘zlashtirish qobiliyati, noodatiy muammolarga yechim izlash va yondoshish ko‘nikmalari kabilarni qamrab oladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, aynan shu nazariyaning o‘ziga binoan, intellektning yana bir turi – kristallangan intellekt ham mavjud bo‘lib, bu esa biz allaqachon egallagan bilim va ko‘nikmalarimizni o‘z ichiga oladi. Uni miyaga muhrlangan malaka ham deyish mumkin.

Jarayonda olimlar ruhan sog‘lom bo‘lgan 424 nafar ko‘ngilli yoshlar ishtirokida kuzatuv olib borgan. Unda 16 hafta mobaynida ishtirokchilarning individual koginitiv farqlari taqqoslangan va tahlil qilingan; ularga tasodifiy tashqi ta’sirlar orqali miyaning dumli yadro va po‘stloq sohalarida qanday o‘zgarishlar yuzaga kelishi kuzatilgan. Natijalar qiziq xulosalarni taqdim etgan. Unga ko‘ra, IQ’si nisbatan baland bo‘lgan shaxslarda miyaning koginitiv nazorat, ishchi xotira hamda relyatsion jarayonlarga javobgar bo‘lgan qismlari hajman kattalashgan.

Demak, miyadagi bu sohalar yirikroq bo‘lgan odamlarning intellektini ham yuqoriroq baholash mumkin va aksincha intellekti yuqoriligi bilan ajralib turgan odamlarni tekshirilsa, miyasidagi shu joylar yirikroq bo‘ladi deyilmoqda mulohazalarda. Olimlarning o‘zi bu singari o‘lchashlar, ya’ni dumli yadro va paragippokampal qobiqning hajmi kishi intellekti haqida 50 foizgacha aniq ma’lumot bera oladi deb ta’kidlagan. Albatta, bu yo‘nalishda hali yana chuqurroq ilmiy tekshirishlar kerak bo‘ladi.

Muzaffar Qosimov




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 527
  • So'nggi yangiliklar
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 10
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 109
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Bo‘limlar