“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 08:20
ЎЗO‘Z

Navoiylik o‘quvchi to‘rtta tilni o‘rgatuvchi robot yaratdi

06 yanv, 19:16 4 788 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Navoiylik o‘quvchi to‘rtta tilni o‘rgatuvchi robot yaratdi Navoiylik o‘quvchi Suhrob Haydarov bolalarga to‘rt tilni o‘rgatuvchi robot hamda tovuqlarni yilning to‘rt faslida parvarishlovchi "Aqlli katak" ixtiro qildi. U mazkur ixtirolari bilan xalqaro robototexnika olimpiadasida ishtirok etib, 1-o‘rinni egalladi.

2003 yilning 26 noyabrida Navoiy shahrida muhandislar oilasida dunyoga kelgan o‘g‘longa ota-onasi orzu-havas bilan Suhrob deya ism qo‘ydi. Bolakay oilaning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgani bois unga yaxshi ta’lim-tarbiya bera boshlashdi. O‘g‘il bola bo‘lgani uchun ham Suhrob bolaligidan singan o‘yinchoqlarini o‘zi tuzatishga urindi. Boladagi qobiliyatni payqagan ota farzandiga yanada kengroq imkoniyat yaratib berdi.

Farzandiga internetdan qanday foydalanishni o‘rgatib, qurish va yasash bo‘yicha videoroliklar ko‘rishni tavsiya qildi. Onasi shifokor bo‘lgani bois farzandiga kompyuterdan to‘g‘ri foydalanish tartiblarini o‘rgatdi. Shu bilan birga Suhrob 4 tilni, ya’ni o‘zbek, rus, ingliz va koreys tillarida mukammal suhbatlashishni o‘rgana boshladi.

Ota-onasi o‘gitlariga amal qilgan Suhrob ijtimoiy tarmoqlardan foydali videoroliklarni ko‘ra boshladi. Robototexnikaga oid lavhalarga kundan-kun qiziqishi ortib bordi. Yoshiga yosh qo‘shilgan sari axborot texnologiya sohasiga qiziqib, ixtirolar bilan shug‘ullana boshladi.

Suhrob Haydarov Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 4-umumta’lim maktabida tahsil olib, bo‘sh vaqtida ijtimoiy tarmoqlar orqali dasturlash, robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha mustaqil bilim ola boshladi.

Yozgi ta’til kunlari Suhrob qishloqda oilaviy dam olishni xush ko‘rardi. Qishloqda ham bekor yurmay, broyler tovuqlarini parvarishlay boshladi. Tovuqlarga yilning 4 faslida parvarish kerak, lekin doimam qishloqda yashamaydigan Suhrob 15 yoshida “Aqlli katak”ni ixtiro qildi. Bu ixtiro tovuqlarni professional boqish uchun yaratilganligi mutaxassislar tomonidan alohida e’tirofga sazovor bo‘ldi. Mazkur ixtirodan zavqlangan Suhrob “Robot Maks” kabi IT loyihalarini yarata boshladi. Maks ismli robot ingliz, fransuz va koreys tillarida erkin so‘zlashishi, shu bilan birga 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ushbu tillarni o‘rgata olishi bilan omma e’tiborini o‘ziga jalb etdi.

Asta-sekin qator robototexnika olimpiadalari hamda ko‘rik-tanlovlarida qatnashgan Suhrob Haydarov faxrli o‘rinlarni egallay boshladi. Xususan, 2018 yilning oktabr oyida “Iqtidorli yoshlar forumi”ning Respublika miqyosida robototexnika yo‘nalishi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. Bir oydan so‘ng 24-25 dekabr kunlari o‘tkazilgan “Youth techno art-2018” Respublika tanlovining “Robototexnika” yo‘nalishida 1-o‘rinni egallab, xalqaro “Youth techno art-2019” festival-tanlovida qatnashish uchun yo‘lanmani qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Suhrob Yevropa davlatlarida turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etdi. Jumladan, Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tgan “Kampus-2019” xalqaro DIV va robototexnika olimpiadasida faol qatnashib, 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Vengriyaning Dor shahrida 2019 yilning 8-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan WRO-2019 xalqaro robototexnika olimpiadasida 1-o‘rinni egallab, EDUTUS universitetida 100 foizlik imtiyozli grand asosida o‘qish imkoniga ega bo‘ldi. Youth techno art - 2019 xalqaro robototexnika olimpiadasida 1-o‘rinni egalladi. NYC ya’ni National youth conference “Milliy yoshlar konferensiyasida” IT speaker bo‘lib faol ishtirok etdi. “Carnival of robotics” nomli robotlar karnavalida organizatorlik qildi.

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlariga 20 qavatdan kam bo‘lmagan “IT PARK”larini barpo etish bo‘yicha topshiriq berganida axborot kommunikatsion texnologiyalari sohasiga qiziqqan yoshlar juda xursand bo‘ldi, - deydi Suhrob Haydarov. – Biz yoshlar 2020 yilda axborot texnologiyalari sohasida yaratiladigan sharoitlardan unumli foydalanib, kelgusida yurtimiz rivoji uchun munosib hissa qo‘shamiz.

Hozirda Suhrob Haydarov yosh bo‘lishiga qaramay, Navoiy viloyati “Barkamol avlod” bolalar markazida tashkil etilgan “Yosh olimlar klubi”ga rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, u “IT PARK” huzuridagi “Raqamli texnologiyalar markazi”da “Robototexnika” bo‘yicha mentor vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 151
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar