“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 14:57
ЎЗO‘Z

Smartfonlarni quvvatlashda keng tarqalgan xato ma’lum qilindi

27 dek, 08:57 4 933 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Smartfonlarni quvvatlashda keng tarqalgan xato ma’lum qilindi Smartfon egasi o‘z qurilmasini tuni bilan quvvatlanishga qo‘yishi va batareyasi 100 foiz to‘lgach ham quvvatlash qurilmasidan uzmasligi sababli smartfon akkumulatori xizmat muddati qisqaradi. Bu haqda Business Insider nashriga BatterieIngenieure nemis kompaniyasi direktori Dominik Shulte so‘zlab berdi.

Ekspertning ta’kidlashicha, smartfon batareyasi zaxirasi quvvatlanganlik darajasi 30-50 foiz bo‘lganda sekinroq qisqaradi. Mutaxassis, misol uchun, gadjetlarni ertalab quvvatlashni tavsiya qilgan.

Business Insider’da ta’kidlanishicha, smartfonlarda qo‘llanuvchi barcha litiy-ionli akkumulatorlar kimyoviy tarkibi o‘zgarishi sababli eskirishga moyil. Shu sababli ular cheklangan xizmat muddatiga ega.

Shu bilan birga Google kompaniyasining mahsulotlar bo‘yicha menejeri Ronald Xoning aytishicha, bugungi kunda kompaniyalar o‘z qurilmalarida quvvatlashni optimallashtirish texnologiyasini qo‘llayotganlari sababli smartfonni haddan ziyod uzoq quvvatlash zararligi haqidagi fikr o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. Uning ta’kidlashicha, ba’zi qurilmalarda batareya 100 foiz to‘lgach, uni quvvatlash to‘xtaydi.

Mail.ru mutaxassisi Dmitriy Ryabininning ta’kidlashicha, smartfon batareyasining 100 foizgacha quvvatlanishi uning to‘liq quvvatsizlanishi kabi akkumulator xizmat muddatini qisqartiradi.

Ta’kidlanishicha, Apple va Samsung kompaniyalari ham smartfon batareyasi quvvatini 50 foiz atrofida ushlashni tavsiya qilishadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 11
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 101
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 165
  • Bo‘limlar