“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 01:05
ЎЗO‘Z

“Rejalarimizdan biri - plastik kartalardan voz kechish” — Dekabr oxirida HUMOPay ishga tushirilishi kutilmoqda

03 dek, 19:20 4 638 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Rejalarimizdan biri - plastik kartalardan voz kechish” — Dekabr oxirida HUMOPay ishga tushirilishi kutilmoqda Bugun, 3 dekabr kuni, Ground Zero markazida HUMO va Mastercard toʻlov tizimlari hamkorligida amalga oshirilgan qulay toʻlov shakli haqida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda Milliy banklararo protsessing markazi direktori Shuhratbek Qurbonov HUMO toʻlov tizimiga oid yangiliklar, qilingan ishlar yuzasidan maʼlumot taqdim etdi.

«HUMO toʻlov tizimi joriy yilning may oyida ishga tushirildi. 7 oy ichida nimalarga erishdik?

Banklar bilan hamkorlikda butun respublika boʻylab 170 mingdan ortiq terminallarni ishga tushirdik. 2,2 milliondan ortiq HUMO kontaktsiz kartalari orqali toʻlovlarni osongina amalga oshirish mumkin. Mingdan ortiq bankomatlar ishlayapti. Ularning soni yana oshiriladi. Yetti oy mobaynida tizimda 2,5 trln soʻm pul mablagʻi aylanmasi amalga oshirildi. HUMO bankomatlari orqali Visa, Mastercard xalqaro kartalaridan naqd pul olish imkoniyati yaratildi.

Kelajakdagi rejalarimizdan biri - plastik kartalardan voz kechishdir. Dekabr oyi oxirida HUMOPay tizimini ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Qoʻlingizdagi telefon orqali toʻlovlarni onlayn amalga oshiringiz mumkin boʻladi. Keyingi rejalarimizdan biri plastik karta oʻrniga maxsus stikerlarni naqdsiz toʻlov vositasiga aylantirishdir. Siz bu stikerni doim yoningizda olib yuradigan buyumlarga, masalan, telefon, qoʻl soati, hamyonga yopishtirishingiz mumkin boʻladi. Plastik kartani yoʻqotib qoʻyish xavotiri boʻlmaydi».

Qurbonovning qoʻshimcha qilishicha, bolalar uchun plastik karta orqali toʻlov amalga oshirish bir qancha noqulaylik olib keladi: yoʻqotib qoʻyish, bexosdan sinib qolish holatlari boʻlishi mumkin. Shuni hisobga olib, plastik karta oʻrniga maxsus aqlli soat, bilaguzuklardan toʻlov vositasi sifatida foydalanishni yaqin orada ishga tushirish koʻzda tutilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 23
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 51
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar