“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:50
ЎЗO‘Z

AKT vaziri: «Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi»

12 noya, 22:30 2 861 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AKT vaziri: «Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi» Foto:«Xabar.uz»
2019 yilning 12 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasining a’zolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov axborot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 oktyabrdagi «Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir qator ishlar bajarildi.

Saylov jarayonini raqamlashtirish va avtomatlashtirishni ta’minlash maqsadida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi ishlab chiqildi va saylov.gov.uz manzili bo‘yicha joylashtirildi. Bugungi kunda 3400 dan ortiq okrug va uchastka saylov komissiyalarining a’zolariga tizimda ishlash huquqi (login va parol) taqdim etildi (15 noyabrga qadar to‘liq yakunlanadi).

Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 20,5 mln. dan ortiq saylovchi fuqarolardan iborat Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati shakllantirildi hamda Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.

Markaziy saylov komissiyasining yangilangan rasmiy veb-sayti ishlab chiqildi.

Respublika bo‘yicha jami 28 mingdan ortiq okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari, operatorlari hamda siyosiy partiyalar a’zolarining Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalari oshirildi. Joriy yilning 15 noyabriga qadar 33 mingdan ortiq foydalanuvchilarning ko‘nikmalarini oshirish ishlari yakunlanadi.

Axborot tizimida ishlash jarayonida yuzaga keladigan muammolarga tezkorlik bilan yordam berish maqsadida uzluksiz (7 kun 24 soat) ishlaydigan qo‘llab-quvvatlash (Call-Center, 71 200-7337) markazi tashkil etildi.

Markaziy saylov komissiyasi bilan birgalikda videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlash uchun 60 ta hamda biometrik pasport ma’lumotlarni identifikatsiya qilish qurilmalari bilan jihozlash uchun 20 ta namunaviy saylov uchastkalari tanlab olingan. Ushbu namunaviy uchastkalarda jami 120 ta videokuzatuv qurilmalari hamda 60 ta biometrik pasport ma’lumotlarni identifikatsiya qilish qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublikamizning barcha viloyat va tumanlarida tashkil etilgan 15 700 dan ortiq saylov okruglari va uchastkalarini telefon aloqasi hamda internet xizmatlari bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda joylardagi mahalliy hokimiyatlarning murojaatlariga binoan jami 5 500 dan ortiq ob’ektlar telekommunikatsiya tarmog‘iga ulangan bo‘lib, mahalliy hokimiyatlar bilan birgalikda belgilab olingan saylov okrugi va uchastkalarini telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash ishlari izchil davom ettirilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 230
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 508
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar