“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:18
ЎЗO‘Z

AOKA rahbarlari feyk akkauntlar va trollarga qarshi kurash bo‘yicha BAA tajribasi bilan tanishdi

16 okt, 09:54 2 856 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AOKA rahbarlari feyk akkauntlar va trollarga qarshi kurash bo‘yicha BAA tajribasi bilan tanishdi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi delegatsiyasi BAAga tashrifining ikkinchi kunida ham amirlikning qator mulozimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda agentlik direktori Komil Allamjonov va uning o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilishdi.

Qayd etilishicha, delegatsiya 15 oktyabr kuni BAA Hukumat va kelajak ishlari vaziri Muhammad Al-Gergavi bilan uchrashgan.

«BAA vaziri bilan uchrashuvimiz internet va ijtimoiy tarmoqlardagi xavfsizlik masalasi butun dunyoning umumiy muammosiga aylanganini yana bir bor tasdiqladi. Yolg‘on xabarlar, ijtimoiy tarmoqlardagi feyk akkauntlar, trollar — barcha mamlakatlar uchun chinakam xatarga aylangan va unga qarshi keskin kurashlar kechmoqda.

Biz bu borada rivojlangan arab mamlakatining axborot sohasidagi tajribasi, ular qo‘llayotgan uslublar bilan tanishdik. Mamlakat imijini shakllantirish va PR sohasiga oid xalqaro ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashdik», – deb ma’lum qildi Allamjonov.

AOKA rahbarlari seshanba kuni Dubay amirligi hukumati Media ofisining Bosh direktori Mona Al Marri bilan ko‘rishgan.

«Uchrashuvda PR sohasidagi Dubay tajribasi, ikki mamlakat jurnalistlari va piar menejerlari uchun o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarini muhokama qildik», – deb yozadi Mirziyoyeva.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 152
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 297
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 60
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 54
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar