“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 07:35
ЎЗO‘Z

Samsung’ning ilk buklama smartfoni qanchalik chidamli va uning narxi qancha?

08 okt, 17:33 4 202 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samsung’ning ilk buklama smartfoni qanchalik chidamli va uning narxi qancha? Foto: Reuters
6 sentyab kuni Samsung kompaniyasi o‘z vatani Koreyada ilk marta egiluvchan smartfonlarini taqdim etgan edi. Ba’zi texnik nosozliklar tufayli bir necha oyga kechiktirilgan bu taqdimot xaridorlar va qiziquvchilar tomonidan ancha kutilgani aniq edi.

Galaxy Fold taqdimoti: kim qanday kutib olgandi?
Reuters’ning Samsung kompaniyasi ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, Koreyada bu telefon 2.398 million vonga (2 ming dollar atrofida)ga baholangan.

Aslida, bu mobil vosita aprel oyidayoq AQSh bozoriga kirib borishni rejalashtirgan, biroq ekran bilan bog‘liq ayrim muammolar tufayli taqdimoti kechiktirilgan edi.

Xuddi kitob singari ochiluvchi bu modelning ekrani buklanmagan holatda 18.54 santimetrga teng bo‘ladi. Ekranning himoyalovchi g‘ilofidan tashqari ham buklanuvchi burchagida alohida himoyalovchi qatlami mavjud.

Birinchi marta ushbu smartfon test qilinganda g‘arbiy Seul bo‘ylab Sumsung rastalarida kompaniyaning mijozlari to‘lib ketgan edi. Ularni yangi smartfonning funksiyalari va qulayliklariga oid bir qator savollar qiziqtirgan.

Sumsung kompaniyasining Yevropa hududidagi savdo boshlig‘i Mark Nottonning ta’kidlashicha, telefon yopilganda ekranning ikki qatlami orasida juda kichik ochiqlik qoladi va natijada, turli changlarning ekranga qo‘nishi ehtimoli yo‘qoladi.

Qurilma ekranining kattaligi unda bir vaqtning o‘zida 3ta dasturni ishlatish imkonini beradi. Ekran yopilgach esa, tashqi displey holati o‘z-o‘zidan qayta tiklanadi.

Tashqi displey orqali ham odatiy telefonda qilinadigan amallarni bajarish – xabar yozish, qo‘ng‘iroq qilish, istalgancha vaqtni internetda o‘tkazish mumkin.

Foto: androidcentral.com
Koreyada ilk marta sotuvga chiqqandayoq odamlar Sumsung egiluvchan modellariga munosabat bildirishni boshlashgan.
«Bu model juda qimmat: 2.4 million von. Aqalli 2 million von bo‘lganda ham to‘g‘riroq bo‘lardi, menimcha», deb mijozlardan biri nolisa, boshqasi telefonning qanchalik chidamliligi, qo‘lda tutganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish shart yo shart emasligi bilan qiziqadi.

Bu kabi shubhalarga qaramay dastlabki sotuv kunidanoq darhol turli do‘konlarda birinchi 200 navbat band qilib bo‘lingan edi.
«Agar siz hozir bu smartfon uchun buyurtma bersangiz, uni oktyabrning o‘rtalarida olasiz», – degan edi sentyabr oyining boshida Sumsung`ning Hongdaye shahridagi savdogarlaridan biri.

Sumsung Galaxy Fold va Huawei Mate Xni nima bog‘lab turadi?
Sumsung kompaniyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Galaxy Fold modeli xaridorlarni turli funksiyalari bilan o‘ziga jalb etyapti.

Foto: businessinsider.com
«Men yangi egiluvchan smartfonlarni ko‘rishdan xursandman. U bir qancha texnik qiyinchiliklarga qaramay yangi mobil kategoriyani ochib berdi. Galaxy Fold o‘zining katta ekrani va ko‘tarib yurishga qulayligi bilan ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi», – deydi Sumsung kompaniyasining mobil qurilmalar bo‘yicha xodimi Koh Dong-jin.

Bozor kuzatuvchilarining fikricha esa, Sumsung’ning egiluvchan modeldagi telefonlari Huawei kompaniyasiga ham tezroq o‘zining egiluvchan modellarini yaratishi uchun turtki bo‘lishi mumkin. Huawei o‘zining Mate X modelli egiluvchan telefonlarini yaratishni oldinroq rejalashtirgan, biroq bu AQSh tomonidan turli cheklovlar qo‘yilishi tufayli kechiktirilgan edi.

Huawei xodimining so‘zlariga ko‘ra, Mate X modelining yaratilayotgani haqiqatan bor gap va kompaniya ayni paytda Sumsung`ning Galaxy Fold telefonlari bilan bo‘lgani kabi ayrim texnik nosozliklar sodir bo‘lmasligi uchun qo‘shimcha test va sinovlar o‘tkazish zarurligi haqida gapirmoqda.

Samsung ushbu yangi qurilma bilan 4G’ning uzoq hukmronligidan so‘ng 5G’ni ishga tushirishga kirishgan. 5G internet tezligi yuqori bo‘lgan davlatlarda sinovdan o‘tkazilmoqda. Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya shular jumlasidan.

Egiluvchan smartfon chidamlimi?
Galaxy Fold smartfonini sinovdan o‘tkazishda Samsung uning egiluvchanligi real foydalanishda qanchaga chidab berishi mumkinligini ham tekshirgan. Bu jarayonda telefon 200 ming marta ochib yopildi. Bu degani, agar xaridor bir kunda 100 marta telefon ekranini ochib yopsa ham, bu smartfon unga 5 yildan kam xizmat qilmaydi.

Foto: businessinsider.com
Galaxy Fold AQSh va Rossiyaga ham kirib keldi
27 sentyabrdan boshlab AQShda ham Samsung Galaxy Fold’ning sotuvi boshlandi. Rossiya do‘konlarida esa 4 oktyabrdan sotuvga chiqqan yangi model 159 ming 990 rublga baholangan.

Kuzatuvchilar ta’kidicha, bitta Galaxy Fold’ning puliga 2ta iPhone 11 sotib olish va shunda ham ma’lum mablag‘ni tejab qolish imkoni bor. Albatta, bu yangi modelning shuncha mablag‘ va shov-shuvga sabab bo‘lganiga yarasha o‘zini oqlashi yoki texnologiyalar poygasida ortda qolib ketishi mumkinligini ham vaqt ko‘rsatadi.
Samsung, smartfon




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 294
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 526
  • So'nggi yangiliklar
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 1
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 0
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 45
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 22
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 40
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 40
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 72
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 59
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 49
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 172
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 37
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 154
  • Bo‘limlar