“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 06:48
ЎЗO‘Z

ICTWEEK haftaligi doirasida mukofot jamg‘armasi qariyb 200 ming dollarlik tanlov o‘tkaziladi

24 sen, 20:08 3 046 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
ICTWEEK haftaligi doirasida mukofot jamg‘armasi qariyb 200 ming dollarlik tanlov o‘tkaziladi Bugun, 24 sentyabr kuni, «ICTWEEK Uzbekistan – 2019» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi. 24-27 sentyabr kunlari Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkaziladigan ushbu tadbirda xalqaro AKT kompaniyalari ishtiroki, ko‘rgazmalar tashkillashtirish kutilyapti. Shuningdek, turli yo‘nalishlarda tanlovlar ham o‘tkaziladi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov bu haqida batafsil axborot berdi.

«ICTWEEK haftaligi doirasida bir qator tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, DIGITAL UZBEKISTAN forumi, «Innovatsion texnologiyalar va ShHTning innovatsion rivojlanishi» forumi, «Softline Cybersecurity Day» konferensiyasi, ACER matbuot anjumani hamda boshqalar. Ular orasidan «Mgov Award» konferensiyasi – eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish tanlovini alohida aytib o‘tish kerak. O‘zbekistonda birinchi marta BAA hamkorligida davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha dasturchilar o‘rtasida bellashuv o‘tkaziladi.

Tanlovning maqsadi – yoshlarning IT sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. G‘oliblarni faqat taqdirlash bilan kifoyalanmaymiz, balki ularning ishlanmalarini davlat tashkilotlariga realizatsiya qilish choralari ham ko‘riladi. Mobil ilovalar sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm, tadbirkorlik, transport va logistika yo‘nalishlarini qamrab oladi. Musobaqaga 26 sentyabr kuni «O‘zekspomarkaz» MKMda rasmiy start beriladi», - dedi Olimjon Umarov.

Umarovning so‘zlariga ko‘ra, tanlovning mukofot jamg‘armasi 170 million AQSh dollarini tashkil etadi. Birinchi o‘rin 100 ming, ikkinchi o‘rin 50 ming, uchinchi o‘rin 20 ming AQSh dollari bilan mukofotlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 32
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 48
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 130
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 48
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 50
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 146
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 20
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 167
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 40
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 51
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 83
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 156
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 196
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 73
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 100
  • Bo‘limlar