“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 18:21
ЎЗO‘Z

Huawei Google ilovalari bo‘lmagan birinchi smartfonini taqdim qildi

21 sen, 07:07 3 039 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Huawei Google ilovalari bo‘lmagan birinchi smartfonini taqdim qildi Huawei Google ilovalari bo‘lmagan Mate 30 smartfonini taqdim qildi. Mobil telefonlar bozorida ikkinchi o‘rinni egallagan kompaniya AQSh hukumati taqiqlari natijasida Google xizmatlaridan foydalana olmaydi. Mate 30 va Mate 30 Pro telefonlarining taqdimoti Germaniyada bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Sof.uz xabar bermoqda.

Yangi smartfonlarda Google Play, Chrome hamda YouTube bo‘lmaydi. Ularning o‘rniga Huawei App Gallery internet do‘konini taqdim qildi. Bu ilova Xitoy bozorida allaqachon mavjud. Kompaniya o‘zining Huawei ekotizimi uchun dastur yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 milliard dollar sarflamoqchi.

Yangi smartfonlar ham Google’ning Android tizimida ishlaydi. Avgust oyining boshida kompaniya o‘zining Harmony OS tizimini taqdim qilgandi.

Smartfonlarda odatdagi ovoz balandlatadigan tugmachalar yo‘qoldi. Ular endi virtualdir: qo‘ng‘iroq qilish uchun siz ekranning yon tomoniga ikki marta bosishingiz kerak.

Taqdim etilgan modellardan biri yangi avlod 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. Ikkala qurilmada ham diagonali taxminan 6,6 dyuym bo‘lgan ekran mavjud: bu o‘tgan haftada taqdim etilgan yangi Apple - iPhone 11 Pro Max ekranidan biroz kattaroq.

Yuzni aniqlash tizimi ham takomillashdi: agar gadjet egasidan tashqari kimdir ekranga qarasa, tizim xabarnomalar tarkibini yashiradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 143
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 296
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 104
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 530
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 181
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 100
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 103
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 193
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 52
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 50
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 82
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 241
  • Bo‘limlar