“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:35
ЎЗO‘Z

iPhone 11 «tunda tasvirga tushirish» tiniqligi bo‘yicha smartfonlar orasida yetakchi (foto)

20 sen, 06:00 4 951 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
iPhone 11 «tunda tasvirga tushirish» tiniqligi bo‘yicha smartfonlar orasida yetakchi (foto) 10 sentyabrda Apple iPhone 11, 11 Pro va 11 Pro Max tadqimotlarini o‘tkazdi. Ushbu seriyaning asosiy o‘ziga xosligi kameralar ishlashining yangilanganligi bo‘ldi. Modellar keng burchakli sensorlar, shuningdek, tele-foto ob’ektivlarga ega.

TechCrunch, The Verge va Mashable jurnalistlari yangi modelni sinovdan o‘tkazib, iPhone’ning kamerasini smartfonlar orasida eng yaxshi deb e’tirof qildi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Jumladan, TechCrunch muharriri Mettyu Pansarinoning fikricha, iPhone 11’ning «tunda tasvirga tushirish» funksiyasi juda ajoyib, bunda kadrlar darajasining batafsil va rang-barangligi, real hayotga yaqinligi hayratlanarli.

Foto: Techcrunch
The Verge bosh muharriri Nilay Patelning aytishicha, «tunda tasvirga olish rejimi» Pixel bilan solishtirganda kadrni batafsil va to‘liq ko‘rsata oladi. Pixel’dagi suratlar ancha dramatik chiqadi, lekin e’tibor berib qaralsa, iPhone Pixel’da yo‘qolib qoladigan narsalarni saqlab qoladi.

Skrinshot: Verge
Mashable’da ishlovchi muallif Reymond Vong esa Apple iPhone 11 Pro’ga eng yaxshi uch kamerali tizimni joriy qila olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa smartfonlar shunga o‘xshash sensorlarga ega bo‘lishi mumkin, ammo «bir butunlik»da bunday yaxshi ishlay olmaydi. Eng zo‘r rasmlar telefoto-linzada xira yorug‘lik bor yerlarda olinadi. Kamera f/2.0 da nisbatan tezroq aperturada ishlaydi va ko‘proq yorug‘lik bera oladi.

Foto: Mashable
Vong iPhone 11 Pro’ning raqobatchilardan ustun jihati — dasturiy va qurilmaviy ta’minotning uzviy ekanligida deb hisoblaydi. Bu zumning turli sensorlar orasida ham ravon bo‘lishini ta’minlaydi.
iPhone 11’ning narxi 699, Pro va Pro Max’ning narxlari esa mos ravishda 999 va 1099 AQSh dollarini tashkil etadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 46
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 85
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 160
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 303
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar