“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:53
ЎЗO‘Z

Xitoyda insonni qo‘lidagi vena tomirlari bo‘yicha masofadan tanuvchi tizim ishlab chiqildi

18 sen, 07:10 2 910 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda insonni qo‘lidagi vena tomirlari bo‘yicha masofadan tanuvchi tizim ishlab chiqildi Xitoylik tadqiqotchilar insonni qo‘lidagi vena tomirlari bo‘yicha masofadan tanuvchi tizimni ishlab chiqishdi. Tadqiqotchilarning fikricha, u kelgusida QR-kod va yuzdan tanuvchi tizim o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda Zhongguo Xinwenwang nashri xabar berdi.

AirWave deb nomlangan texnologiya sun’iy ongga asoslangan. U yirik vena va kapillyar tomirlarning qo‘ldagi joylashuvini farqlash imkonini beradi. Foydalanuvchi identifikatsiyadan o‘tish uchun qo‘lini ko‘tarib tushirishi kifoya qiladi.

Tizimni ishlab chiqqan Melux kompaniyasi asoschisi Se Sinluning ta’kidlashicha, teri ostida joylashgan asosiy vena va kapillyarlar har bir insonda o‘ziga xosdir va yirik shahardagi yo‘llar tizimidan ham murakkabroq. Uning aytishicha, tizim bir qo‘lni qolgan milliard qo‘llar ichidan soniyaning uchdan bir qismidan qamroq vaqt ichida aniqlay oladi.

Texnologiya Guandun viloyatining ba’zi kafelari va hukumat muassasasalarining jamoat hududlarida qo‘llanmoqda. Hozirda kompaniya Guanchjou metrosi operatori bilan tizimni metroda qo‘llash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Kompaniya rahbarining ta’kidlashicha, bunday texnologiyalar istiqbolda naqd pullar, bank kartalari va QR-kodlar o‘rnini egallashi mumkin va moliya, jamoat transporti va jamoat xavfsizligi kabi sohalarda keng qo‘llanishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 237
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 509
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar