“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 05:44
ЎЗO‘Z

Odnoklassniki blogerlar va taniqli odamlar uchun shaxsiy profillar statistikasini ochdi

16 avg, 17:53 2 726 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Odnoklassniki blogerlar va taniqli odamlar uchun shaxsiy profillar statistikasini ochdi Rasmiy sahifasiga ega bo‘lgan Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘ining foydalanuvchilari ilk bor shaxsiy profillariga kirish imkonini qo‘lga kiritishdi. Endilikda OKdagi profillari ko‘k “galochka” belgisi bilan belgilab qo‘yilgan barcha odamlar obunachilarning ortishi va kamayishi, shuningdek qamrovi, jalb qilinganligi, teskari aloqa va bir qator boshqa ko‘rsatkichlarni kuzata olishlari mumkin. Avvalari batafsil statistikadan faqat guruhlar foydalana olar edilar.

Yangi instrument o‘z shaxsiy profili yordamida OKdagi o‘z auditoriyasi bilan muntazam ravishda o‘zaro aloqa qilib turadigan blogerlar va taniqli shaxslarga foydali bo‘ladi. Statistika kontent mualliflariga shaxsiy sahifa bilan ishlashda asosiy tahliliy vazifalarni hal qilish: maqsadli auditoriya qamrab olingan yo‘qligini tushunish, uning asosiy qiziqishlari, u yoki bu xabarlarga foydalanuvchilarning reaksiyasi va eng ommabop postlarni bilib olishga yordam beradi.

Profil statistikasida endilikda kuzatib borish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlar orasida — obunachilarning ortishi va kamayishi, qamrovi, jalb qilinganligi, auditoriyaning ijtimoiy- demografik tavsifnomalari, xabarlar bilan bog‘liq batafsil harakatlar (ko‘rib chiqishlar, sinflar, sharxlar, repostlar, sahifaga o‘tishlar), shikoyatlar va postlarni yashirishlar mavjud.

Foylanuvchilik statistikasiga kirish faqat ko‘k “galochka” belgili verifikatsiya qilingan sahifalar — yulduzlar, blogerlar va boshqa taniqli shaxslarning rasmiy sahifalari uchun ochilgan.
Yangi servisdan OK veb-interfeysida, ijtimoiy tarmoq mobil versiyasida va iOS hamda Android uchun ilovalarida to‘liq foydalanish imkoni mavjud.

Bu yil sal avvalroq ijtimoiy tarmoq kontent mualliflari va barcha foydalanuvchilarga ijtimoiy tarmoqda o‘z auditoriyasini topib olishga imkon beruvchi reklama kabinetini ishga tushirgan edi. Reklama kabineti yordamida ijtimoiy tarmoqdan chiqmay turgan holda, video, fotosuratlar va havolalarni ham qo‘shganda, kontentning har qanday formatlari bo‘lgan postlarning targ‘ib qilinishini sozlash mumkin.

Bundan tashqari, 2018 yilda OK da taniqli artistlar, jamoat arboblari va blogerlarning sahifalarini targ‘ib qilish tizimi ishga tushib ketdi. Yangiliklar tasmasida foydalanuvchilarga ularning qiziqishlari, jinsi va yoshi asosida taniqli shaxslarning rasmiy sahifalari tavsiya etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati kengaytirildi 18 мая, 16:20 30
  • iPhone va iPad'ni ko‘z bilan boshqarish imkoniyati taqdim etiladi 17 мая, 06:30 24
  • GPT-4o bepul sun’iy intellekt modeli taqdim etildi 14 мая, 19:53 48
  • 5G aloqa signallarini kuchaytirishning mutlaqo yangi usuli ishlab chiqildi 12 мая, 14:25 71
  • Tadqiqot: sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rgandi va xavfli bo‘lishi mumkin 12 мая, 07:44 103
  • Sun’iy intellekt odamlarni aldashni o‘rganib oldi 11 мая, 22:12 130
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 25
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 36
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 91
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 16
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 127
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 31
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 43
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 70
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 137
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 177
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 67
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 89
  • Bo‘limlar