“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 22:08
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonga Turkiyadan 24 ta harbiy zirhli mashina olib kelindi (foto)

09 avg, 10:35 9 257 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonga Turkiyadan 24 ta harbiy zirhli mashina olib kelindi (foto) «Eyder Yalchin» harbiy zirhli mashinalari Turkiyadan O‘zbekistonga olib kelindi. G‘ildiraklari 4x4 tizimda ishlaydigan 24 ta zirhli mashina yetkazib berilgani haqida Turkiyaning «Sabax» nashriga asoslanib Uznews xabar berdi.

Ma’lumki, 2017 yilda Turkiyaning Nurol Makina kompaniyasi va UzAuto o‘rtasida imzolangan shartnoma bo‘yicha O‘zbekiston zavodlarida 1000 ta «Eyder Yalchin» zirhli mashinalari tayyorlanishi belgilab olingan edi. Shartnomaga ko‘ra dastlabki 24 ta mashina O‘zbekiston ixtiyoriga beriladi va keyin ishlab chiqarish yurtimizdagi zavodda amalga oshiriladi. Shu bilan birga O‘zbekiston ushbu harbiy mashinalarni eksport qilish huquqiga ega.

«Eyder Yalchin»ning korpusining tag qismi V-simon bo‘lib, mashinani o‘q va minalardan saqlaydigan zirhga ega. Shu bilan birga unga qo‘shimcha zirh va kumulyativ snaryadga qarshi ekran o‘rnatish mumkin.

Zirhli mashina 14 tonna og‘irlikka ega. Uning dvigateli 300 ot kuchiga mo‘ljallangan bo‘lib, tekis yo‘lda soatiga 110 kilometrgacha tezlanish oladi. Harakatlanish zahirasi 600 kilometr. Mashinaga ekipajning ikki a’zosidan tashqari 9 nafar desantchi joylashishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 141
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 295
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 53
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 529
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 25
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 8
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 12
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 45
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 74
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 39
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 21
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 169
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 139
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 253
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 203
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 77
  • Bo‘limlar