“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:30
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda birinchi shatakli kema qurildi (foto)

04 avg, 07:47 5 903 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda birinchi shatakli kema qurildi (foto) Surxondaryo viloyatidagi DXX Chegara qo‘shinlari huzuridagi «Termiz Daryo Porti» kompaniyasining kemalarni ta’mirlash ustaxonasida O‘zbekiston tarixida birinchi shatakchi kema qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tashkil etilganiga 63 yil bo‘lgan Termiz daryo porti bir oyda o‘rtacha 25 ming tonna turli xalq xo‘jaligi yuklarini o‘tkazish imkoniyatiga ega. Buyuk alloma at-Termiziy nomi berilgan yangi shatakchi kema bir yo‘la 800 tonna yukni tashish quvvatiga ega bo‘lib, O‘zAning qayd etishicha, «portning xizmat ko‘rsatish salohiyatini yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir». Kema qariyb 11 oyda qurib bitkazilgan. Korroziya suvdagi kema qobig‘ini yemirmasligi uchun maxsus buyoq ishlatilgan.

«Ustaxonamizda mamlakatimiz tarixida birinchi marta qurilgan kema bizning imkoniyat va salohiyatimizni jiddiy sinovdan o‘tkazdi. Barcha vazifalarni ustaxonamiz ishchilari tez, sifatli amalga oshirdi. O‘z mablag‘imiz hisobidan bajarilgan bu loyiha kelgusida mamlakatimizning maxsus kemalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek daryo va suv omborlari uchun baliqchilik kemalari, turistik katerlar qurish imkoniyatimiz mavjudligini amalda keng namoyon etdi», — deydi «Termiz Daryo Porti» kompaniyasi bosh muhandisi Norquvvat Shonazarov.

O‘zAning yozishicha, «Termiz Daryo Porti» kemalarni ta’mirlash ustaxonasi nafaqat daryo portida mavjud daryo transporti, balki harbiy qismning suzish vositalari va jangovar texnikalarini sifatli ta’mirlab, suzish vositalarining hamisha soz holatda bo‘lishini ta’minlamoqda, chegarachilarning jangovar tayyorgarligini qo‘llab-quvvatlamoqda. «Yangi qurilgan ‘TD-600’ rusumli shatakchi kema Termiz daryo portida hozir foydalanilayotgan suv transportlaridan ikki baravar kuchliligi bilan ham ishtirokchilarda katta qiziqish o‘yg‘otdi», — deyiladi xabarda.

Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Mahmudov, DXX raisi o‘rinbosari – Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni, general mayor Ruslan Mirzayev ishtirok etgan tantanali tadbir yakunida O‘zbekistonda qurilgan «At-Termiziy» nomli yangi shatakli kema Amudaryoga tushirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 130
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 226
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 97
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 57
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 51
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 507
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar