“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 04:36
ЎЗO‘Z

Geoaxborot, telemeditsina va avtomatik tashxis — superkompyuterning yana qanday imkoniyatlari bor?

01 avg, 09:15 2 858 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Geoaxborot, telemeditsina va avtomatik tashxis — superkompyuterning yana qanday imkoniyatlari bor? Innovatsion rivojlanish vazirligining tashabbusi bilan mamlakatimizning 95 nafar yosh olimlari va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha proyektorlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari Belarus Respublikasida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tamoqdalar. Bu haqda fizika-texnika instituti ilmiy tadqiqotchisi Xayrullo Qulmatov Xabar.uz portaliga ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zbekistondan Belarusga yuborilgan ilmiy tadqiqotchilar orasida axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar ham bor bo‘lib, ular mazkur sohadagi yangi texnologiyalarni o‘zlashtirishni hamda olgan bilimlarini Respublikamizda tatbiq qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ygan.

Belarus Milliy Fanlar akademiyasiga qarashli Birlashgan informatika muammolari institutida malaka oshirish kurslarini o‘tayotgan o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchilar mazkur institut tomonidan yaratilgan zamonaviy qurilmalar, xususan, institutda joylashgan zamonaviy superkompyuter, robototexnika, geoaxborot tizimlari, sun’iy yo‘ldosh axborot tizimlari bilan tanishmoqdalar. Institut ishlanmalaridan biri bu — ofislarda ham ishlatish mumkin bo‘lgan superkompyuterdir. Ushbu kompyuter orqali 100 dan ortiq vazifalarni amalga oshirish mumkin.

Ilmiy tadqiqotchilarimiz tomonidan o‘rganilayotgan yo‘nalishlar orasida geoaxborot tizimlar alohida o‘rin egallaydi. Institut olimlari tomonidan taklif etilayotgan telemeditsina sohasi respublikamiz uchun dolzarb yo‘nalishlardan biridir. Institutda tibbiyotga doir axborotlarni qayta ishlash, ularning bazasini shakllantirish, masofaga uzatish va tahlil qilish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Tizimning asosiy yutuqlaridan biri bu kasallikni aniqlashda intellektual aqlni qo‘llash va uning asosida shifokorlar uchun tashxis qo‘yish jarayonini tezlashtirishdir. Tizim raqamli rentgen, kompyuter tomografiyasi, magnitli rezonans tomografiyasi va boshqa bir qancha tekshiruvlar bo‘yicha axborotlarni o‘zida saqlaydi. Kasalliklar varaqasi avtomatik tarzda shakllanishi tizimning yana bir asosiy yutuqlaridan biridir.

Hozirgi kunda mazkur tizim Belarusda keng qo‘llanilmoqda, tizimga respublikaning xar bir shifoxonalari bog‘langan. Umumiy elektron baza doimiy ravishda ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi. Buning natijasida bemor uchun kasallik varaqasining va tibbiy daftarchasining qog‘oz shaklini axtarish shart emas.

O‘zbekistonlik ilmiy xodimlar Birlashgan informatika muammolari instituti tomonidan yaratilgan tizimni o‘rganarkanlar, shunday tizimni Respublikamizga joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarni institutning olimlari bilan hamkorlikda tahlil qilmoqdalar.

Respublikamizga mazkur tizimni qo‘llash orqali kasalliklarni aniqlash vaqtini qisqartirish bilan birgalikda, viloyatlar kesimida tahliliy natijalarni olish imkoniyatlari yaratiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 294
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 526
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar