“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:34
ЎЗO‘Z

Sony cho‘ntak havo konditsionerini taqdim etdi

28 iyul, 12:21 3 240 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sony cho‘ntak havo konditsionerini taqdim etdi Sony o‘zining Reon Pocket deb nomlangan portativ konditsioneri uchun to‘lovlarni qabul qilmoqda. Bu tanani sovutish yoki isitishda qo‘l keladigan kichik qurilmadir.

Reon Pocket kichikroq smartfon hajmidagi Bluetooth-qurilmasi bo‘lib, maxsus ko‘ylakning bo‘yin qismidagi cho‘ntakda joylashadi. So‘ngra, shunchaki dasturga ulanib, tugmani bosishingiz bilan mitti qurilma issiqlikni yuta boshlaydi yoki tarqatadi.

Jazirama kunlarda mini-konditsioner haroratni selsiy shkalasi bo‘yicha 13 darajaga pasaytira oladi. Qish faslida esa, qurilma sakkiz darajagacha iliqlikni ta’minlashi mumkin.

Gadjet iOS va Android tizimlarida ishlaydi, uning to‘liq quvvati 24 soatga yetishi ko‘zda tutilgan. Akkumulyator USB-C orqali ikki soatda to‘ladi. Uskunaning og‘irligi atigi 85 gramm.

Reon Pocket'ning 2 xil varianti ishlab chiqilgan. Standart yechimda sozlamalar ko‘proq va avtomatik tarzda ishlay oladi. Osonlashtirilgan muqobilini faqatgina qo‘lda boshqarish kerak, shunga yarasha uning narxi pastroq.

Konditsionerning versiyasi va u bilan birga sotib olinadigan ko‘ylakning soniga qarab umumiy narx 117–175 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Gadjetni faqatgina Yaponiyada buyurtma qilish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 140
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 294
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 103
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 59
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 52
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 526
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar